Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi


Download 1.05 Mb.
bet7/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni ta’riflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak.
Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so‘rov berishi mumkin.


  1. Birinchi instansiya sudi ajrimining mazmuni.

272-modda. Ajrimning mazmuni
Sud ajrimida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek soliq to‘lovchi qarzdor yuridik shaxsning identifikatsiya raqami;
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar;
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Sud tomonidan o‘z joyida chiqariladigan ajrim ushbu moddaning 4, 5 va 6-bandlarida sanab o‘tilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ajrimning yozuvidagi xatolar va aniq ko‘rinib turgan arifmetik xatolar ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tartibda tuzatiladi.


  1. Sud xarajatlarini undirishda da`voning bahosini belgilash


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling