299. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati.
86-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa,
bu haqda sudni xabardor qilib, sababini ko‘rsatishi shart.
Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida buning sabablarini ko‘rsatgan holda sudni xabardor qilishi shart.
Sud
xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalilni taqdim etish uzrli sabablarsiz
rad qilingan taqdirda, sud tashkilotlarning
aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi.
Jarima solinishi tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
300. Yozma dalillarni taqdim qilish va talab qilib olish tartibi.
86-modda. Yozma dalillarni taqdim etish majburiyati
Ishda ishtirok etmayotgan fuqarolar va tashkilotlar sud talab qilayotgan yozma dalillarni taqdim etish imkoniga ega bo‘lmasa, bu haqda sudni xabardor qilib, sababini ko‘rsatishi shart.
Agar shaxs, sud undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u sudning so‘rovini olgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida buning sabablarini ko‘rsatgan holda sudni xabardor qilishi shart.
Sud xabardor qilinmagan taqdirda, shuningdek yozma dalilni taqdim etish uzrli sabablarsiz rad qilingan taqdirda, sud tashkilotlarning aybdor mansabdor shaxslariga, shuningdek fuqarolarga ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarima soladi.
Jarima solinishi tegishli mansabdor shaxslarni va fuqarolarni sud talab qilayotgan yozma dalilni taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.