279. Sudning xususiy ajrimi.
275-modda. Sudning xususiy ajrimi
Ishni ko‘rish chog‘ida davlat organining yoki boshqa organning, tashkilotning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.
Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart.
Sudning xususiy ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Agar sud ishni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda prokurorga tegishli materiallarni ilova qilgan holda xabar qiladi.
280. Sudyani rad qilish asoslari.
21-modda. Sudyani rad qilish asoslari
Quyidagi hollarda sudya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
3) shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;
5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.
281. Prosessual muddatlarning o`ziga xos xususiyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |