Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Fuqarolik prosessida muddatlarning turlari va ularning mazmuni


Download 1.05 Mb.
bet127/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

274. Fuqarolik prosessida muddatlarning turlari va ularning mazmuni
151-modda. Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari
Protsessual harakatlar qonunda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Protsessual muddatlar qonunda belgilanmagan hollarda, ular sud tomonidan tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni bajarish uchun muddatlar albatta yuz berishi lozim bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda kalendar sana bilan yoki muayyan davr bilan belgilanadi. Muayyan davr bilan belgilanganda harakat butun davr mobaynida amalga oshirilishi mumkin.

275. Sudning hal qiluv qarori tushunchasi, mazmuni va ahamiyati.
249-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Sudning hal qiluv qarori qonuniy, asoslantirilgan va adolatli bo‘lishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi.
Alohida hollarda, o‘ta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini e’lon qiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.

276. Sudning ish yuritishni to`xtatib turish huquqi.
117-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishga haqli:
1) taraf O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida muddatli haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotganda yoki mazkur shaxslar davlatning biror-bir majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
2) taraf davolash muassasasida bo‘lganda, shuningdek taraflardan birida sudga kelishga to‘sqinlik qiladigan, tibbiyot muassasasining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan kasallik mavjud bo‘lganda;
3) ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgar qidirilayotganda;
4) taraf ishni ko‘rib chiqish muddatidan ortiq muddatda xizmat safarida bo‘lganda, bundan ishda tashkilot vakillari ishtirok etayotgan hollar mustasno;
5) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
6) ushbu Kodeksning 103 va 363-moddalariga muvofiq sud tomonidan sud topshirig‘i yuborilganda


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling