Buyruq turlari va formatlari


Operandlarning turlari va formatlari


Download 176.33 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi176.33 Kb.
#1430186
1   2   3   4
Bog'liq
BUYRUQ TURLARI VA FORMATLARI

Operandlarning turlari va formatlari


Mashina buyruqlari ma'lumotlar sutida bajariladi, bu holda ular odatda operandlar deb ataladi. Operandlarning eng keng tarqalgan (asosiy) turlariga quyidagilar kiradi: raqamlar, belgilar va mantiqiy ma'lumotlar. Ularga qo'shimcha ravishda, HM yanada murakkab axborot birliklarini qayta ishlashni ta'minlaydi: grafik tasvirlar, audio, video va animatsiya ma'lumotlari. Bunday ma'lumotlar asosiy ma'lumotlar turlaridan olinadi va tashqi xotira qurilmalarida fayllar sifatida saqlanadi. HMdagi ma'lumotlarning har bir turi uchun ma'lum formatlar taqdim etiladi.
Kompyuterlarda ifodalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning xillarini ikkita turkumga ajratish mumkin:
1. Raqamli ma’lumotlar, ya’ni sonlar bilan ifodalanuvchi ma’lumotlar.
2. Raqamli bo‘lmagan ma’lumotlar.
Raqamli ma’lumotlar va ularni kompyuterda qanday ifodalanishini ko‘rib chiqamiz.
Butun sonlar. Raqamli ma’lumotlarning asosiysi – bu butun sonlardir. Butun sonlar kompyuterda ikkilik sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Ular odatda 8, 16, 32 va 64 bitli uzunliklardan biriga ega bo‘lishlari mumkin. Kompyuterda butun sonlar ishorali va ishorasiz ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. 32-razryadli so‘z (rus tilida – слово) yordamida 0 dan 232-1 gacha bo‘lgan ishorasiz, hamda -231-1 dan +231-1 gacha bo‘lgan ishorali butun sonlarni ifodalash mumkin.
Butun bo‘lmagan sonlar. Butun bo‘lmagan sonlarni (3,14; 0,495; 0,0056; …) ifodalash uchun suriluvchi nuqtali sonlar ishlatiladi . Ularning uzunliklari 32, 64 yoki 128 bitgacha bo‘lishi mumkin.
O‘nlik sonlar. Bunda o‘nlik sistemasida yozilgan har bir raqam, ikkilik sistemasidagi to‘rtta raqam bilan almashtiriladi. Ikkita o‘nlik raqam, bitta baytga joylashtiriladi . Bu ikkilik-o‘nlik formati deb ataladi.
Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yoki qatorlar ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida – ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar mavjud.

Download 176.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling