Buyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoiyligi avlodlar uchun ibrat maktabidir
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi
Download 156.77 Kb.
|
1 2
Bog'liqBuyuk ajdodlarimizning jasorati va fidoiyligi avlodlar uchun ibrat maktabidir
“Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining 10 000 000 (o`n million) so`m miqdorida bir yo`la pul mukofoti bilan taqdirlanganlari ham ezgulik va insoniylikka yo`g`rilgan g`amxo`rlikning yaqqol tasdig`idir.
Zero, bugun muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida yoshi ulug` hamyurtlarimiz, urush va mehnat faxriylariga hurmat-ehtirom ko`rsatish, e`zozlash, ijtimoiy himoyalash, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Ayni paytda ko`plab sihatgohlar, shifoxonalar barpo etilayapti, mavjudlari kapital rekonstruksiya qilinib, ta`mirlanayotir. Tibbiyot maskanlari, poliklinikalar, Saxovat va Muruvvat uylarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur jihozlar hamda uskunalar, tibbiy vositalar bilan ta`minlashga doir keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu singari ezgu yumushlar bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o`z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e`zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag`rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Yoshi ulug` hamyurtlarimiz jamiyatimizda tinchlik-totuvlik, hamjihatlik, bag`rikenglik, mehr-muruvvat muhitini mustahkamlash, mahallalar faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar ongi hamda qalbida vatanparvarlik, fidoyilik tuyg`ularini mustahkam qaror toptirishda faol ishtirok etmoqda. Nuroniy otaxon va onaxonlarimizning ibratli hayot yo`li, turli jabhalardagi fidokorona faoliyati yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g`oyalariga sadoqat, umrboqiy an`ana hamda qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda. Muxtasar qilib aytganda, ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Xotira – muqaddas va aziz tuyg`u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o`tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o`zgalarga samimiyatda bo`lib, hurmat-ehtirom ko`rsatsa, o`zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo`ladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o`chmaydilar. Nomlari hamisha e`zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi. – Fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga o`z hissasini qo`shgan “Urush va mehnat faxriylari”ni, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirilishi, ularga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatish biz avlodlar uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi deydi – 3-bosqich kursanti Jamshid Po`latov – Xalqimiz ichiga kirib borayotgan hamda amalda ko`rsatilayotgan sahovatga yo`g`rilgan muruvvatlar, biz yoshlarga dasturulamal bo`lib xizmat qiladi va albatta biz ham ajdodlarimizni jasoratlarini chuqur anglagan holda kelajakda ularga munosib avlodlar bo`lishga intilamiz. Download 156.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling