Buyuk britaniyaning
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
buyuk britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taxlili (1)
7 1. Buyuk Britaniyaning umumiy iqtisodiy holati va asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili. Buyuk Britaniya suv resurslariga judayam boy, yog’ingarchiligi ko’pligi sababli daryolari to’lib toshadi. Daryolardan eng yirigi Severn (391 km) va Temza (331 km). Bu daryolar basseynlari bir-biridan ajralgan. Temza daryosining basseynlarida mamlakatning 1/5 aholisi yashaydi. Mamlakatning quyidagi daryolari tinchroq oqadi. Ular Pekin tog’laridan boshlanib er osti basseynlariga oqib tushadi. Shotlandiya va Uelsning tog’li rayonlarida daryolarning boshlanishi balanddan boshlanadi. Shuning uchun daryo oqimi juda tez, ba’zida qirg’oqlardan ham toshib ketadi. Shimoliy-g’arbiy Shotlandiya va Uelsning qisqa va tez oqar daryolari elektr energiyasi ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu erda 60 dan ortiq gidroelektr stansiyalar qurilgan. Buyuk Britaniyaning eng yirik daryolari – Temza, Severna, Hambera, Mersi, Klayda va Forta – bular keng chuqurlashtirilgan to’grilangan buxtalar. Ularda sanoat va dengiz portlari joylashgan. Suv toshqin vaqtida estuariyaga oqib kiradi. Shining uchun aholi ichimlik suvini yuqori daryolardan, er osti rezervuarlari va tog’ ko’llaridan oladi. Buyuk Britaniyaning eng yirik ko’llaridan Lox – Ney (400 kv km ) Shimoliy Irlandiyada, Shotlandiyada Lon – Lomond va Lox – Nes ko’llaridir. Tog’li Shotlandiyaning behisob ko’llari turistlarning diqqatini tortadi. Ko’llardan transport yo’li sifatida ham foydalaniladi. Lox – Nes va Lox – Loxi ko’llari Sharqiy va garbiy Shotlandiya orasidagi suv yo’lini tashkil qiladi. Manchester ichimlik suvni uzunligi 100 km dan oshiq bo’lgan ikki akverduxdan oladi. Buytuk Britaniyaning tekisliklarida yirik ko’llar yo’q, lekin u erlarda judayam ko’p suv omborlari mavjud. Quyi Angliya aholisi uchun er osti rezervuarlari yuqori sifatli ichimlik suvi manbai bo’lib kelgan. Er maydoni 30 ming kv km bo’lgan eng katta yer osti basseyni janubi-sharqiy Angliyada joylashgan. Hozirgi vaqtda Angliya va Uelsda ishlatiladigan suvning 2/5 qismini yer osti rezervarlari beradi. Buyuk Britaniyaning rivojlanishi va gullab yashnashi uchun undagi mineral resurslar ko’mir va temir zahiralari ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari qazib olinadigan qo’rg’oshin va rux, ohak, qum, loy, gips ham bor. Buyuk Britaniya neft, tabiiy gaz va ko’mir zahiralariga ega. Oldin muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’mir o’z 8 ahamiyatini yo’qotmoqda. Ko’mir qazib chiqarish 1913 yilda 300 mln tonna bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bu ko’rsatkich uch baravariga qisqardi. Elektro stansiyalar hozirgi kunda ham ko’mirning ko’p miqdorini ishlatmoqdalar. Shimoliy dengizda topilgan neft koni neft sanoatini rivojlantirib yubordi. 1975 yildan neft qazib olish yildan-yilga ko’paymoqda. Kuniga o’rta hisobda 2.6 mln barrel neft olinib Buyuk Britaniya neft qazib olish bo’yicha jahonda 6 o’rinni egallaydi. Buyuk Britaniyaning neft zahiralari 770 mln tonnani tashkil qiladi. 1967 yil tabiiy gaz olinib shaharlarda ko’mir ishlatish sekin-asta gazga almashindi. Butun mamlakat bo’ylab gaz quvirlari o’tkazildi. Tabiiy gaz zahiralari 22.7 trln kub futni tashkil qiladi, elektr energiya ishlab chiqarishida uning hissasi 40 % ni tashkil qiladi. Buyuk Britaniyaning qulay geografik o’rni xalqaro iqtisodiy aloqalar o’rnatishga imkoniyat yaratadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling