Buyuk britaniyaning
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
buyuk britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taxlili (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUYUK BRITANIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI
1 O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI AL-ХОRAZMIY NОMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVYERSITЕTI TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI Iqtisod guruhi tolibi MATSAPAEV AZAMATNING Makroiqtisodiy tahlil fanidan yozgan MAVZU: BUYUK BRITANIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI . Urganch-2016 2 MAVZU: BUYUK BRITANIYANING IJTIMOIY-IQTISODIY TAХLILI. Rеja: I.Kirish. II.Asosiyt qism: 1. Buyuk Britaniyaning umumiy iqtisodiy holati va asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili. 2. Buyuk Britaniyaning demografik ko’rsatkichlari tahlili. 3. Mamlakatning jahon bozoridagi o’rni va tashqi savdo ko’rsatkichlari tahlili. III.Xulosa. ADABIYOTLAR RO'YHATI 3 Kirish. Rasmiy nomi – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi. Poytaxti – London.Hududi – 244820 km 2 (Shotland orollari bilan birga).Aholisi – 60.943.912 kishi. Davlat tili – ingliz. Dini – protestantlik (90%). Pul birligi – funt-sterling. Evropaning Shimoli g’arbida, Britan orollarida joylashgan davlat. Buyuk Britaniya orolida Angliya, Shotlandiya va Uels joylashgan. Shimoliy Irlandiya Irlandiya orolining shimoliy qismida joylashgan. Shimolda Irlandiya bilan chegaradosh, g’arbda Atlantika okeani, sharqda Shimoliy dengiz, janubi sharqda Buyuk Britaniyani Evropadan ajratib turadigan La-Mansh bo’g’ozi tutashgan. Angliya hududida Pennin tog’lari joylashgan. Mintaqaning chekka janubida Dortmur tepaliklari bor. Asosiy daryolari: Temza, Severn, Tayn, Mers. Shimoliy Irlandiyaning katta qismini tekisliklar egallagan bo’lib, markazida Britaniyadagi eng yirik ko’l – Lox-Ney. Shmoliy Irlandiyaning eng baland nuqtasi Muri tog’laridagi Sliv-Donord (852 m) cho’qqisidir. Shimoliy Irlandiyaning eng yirik daryolari: Foyl, Yuqori Bon va Quyi Bon. Shotlandiyani uch qismga bo’lish mumkin: shimolda – Xeylands, markazda – Sentral Loupends va janubda – Sazen Aplends. Shotlansiyaning asosiy daryolari: Kloyd, Tey, Fors, Tvid, Di va Spey. Ko’p sonli ko’llar orasida Lox-Ness, Lox-Tea, va Lox- Ketrinlar alohida ajralib turadi. Uels ham Shotlandiya kabi tog’li hudud, biroq tog’lar by yerda unchalik baland emas. Asosiy tog’ tizmasi Uels markazidagi Kembri tog’laridir. Uelsning yirik daryolari: Di, Usk, Teyfi. Eng yirik ko’li – Bala. Iqlimi – yumshoq va nam. Foydali qazilmalaridan Shimoliy dengizdan qazib olinadigan neft va gaz konlariga, shuningdek, ko’mir va ohaktosh konlariga egalik qiladi. Buyuk Britaniyaning 77 % yerlari dehqonchilik uchun yaroqlidir. Angliyaning o’simlik dunyosi ancha kambag’al, o’rmonlar faqat 4 % hududini egallagan. Hayvonot sunyosida kiyik, tulki, quyon va bo’rilar ko’plab uchraydi. Qushlardan kaklik, kabutar, qarg’a va boshqalar ko’p tarqalgan. Ko’llar va daryolarida turli baliqlar ko’p. 4 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi – parlamentar monarxiya. Monarx qonun laoyihalarini tasdiqlaydi, titul va unvonlar beradi, biroq amalda faqat ramziy hokimiyatga ega. Oliy qonun chiqaruvchi organi – Jamoa palatasi (630 deputat) va Lordlar palatasi (1000 ta zodagonlar va diniy perlar)dan iborat parlament. Oily ijroiya organi – premier-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kabineti. Buyuk Brutaniya ma’muriy jihatdan 4 ta ma’muriy-siyosiy qism (tarihiy provinsiyalar)dan: Angliya, Uels, Shotlandiya, Shimoliy Irlandiyalardan tashkil topgan. Men va Normand orollari ustidan alohida nazorat o’rnatilgan. Buyuk Britaniyaga qaram hududlar: Angilya, Bermud orollari, Hind okeanidagi Britan hududlari, Britan Virgin orollari, Kayman orollari, Folklend orollari, Gibratar, Jersi, Genrsi, Mel oroli, Monserrat, Pitkerka orollari, Muqaddas Yelena oroli, Janubiy Jorjiya va Janubiy Sandvich orollari, Terks va Kaykos orollari. Qaram hududlar hozirgacha Buyuk Britaniyaning dengizorti mulklari deb nomlanib, to’liq mustaqil davlat hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan ular o’z-o’zini idora qilish huquqiga ega bo’lib, o’z qonunchilik organlariga egadirlar. Asosiy siyosiy partiyalari: Konservatorlar partiyasi, Leyboristlar partiyasi, Liberal demokratlar partiyasi, Shotland milliy partiyasi. Buyuk Britaniya iqtisodi rivojlangan davlat bo’lib, jahondagi sakkizta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakat sanoatida qazib olish sohalari alohida ahamiyat kasb etadi. O’z hududidagi shaxtalarning yopilishi va ko’mir qazib olishning qisqarishi bilan bir vaqtda Shimoliy dengizdan neft va gaz qazib olish ko’paytirilmoqda. Sanoatning boshqa tarmoqlaridan – transport mashinasozligi, aerokosmik sanoati (AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi o’rinda)da oddiy va harbiy samolyotlar, vertolyotlar va aviadvigatellar ishlab chiqariladi, oziq – ovqat sanoati, umumiy mashinasozlik, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, metall ishlab chiqarish, sellyuloza-qog’oz sanoat sohalari yuksak taraqqiy etgan. Zamonaviy sanoatning taraqqiyoti yuksak texnologiyalarning taraqqiy etganligi bilan belgilaydi. Buyuk Britaniya ilmiy-texnikaviy potensial darajasi bo’yicha Yevropada eng yuqori o’rinni egallaydi. Mamlakat olimlari olgan nobel mulofatlari soni bo’yicha AQSHdan keyin 2- o’rinni egallaydi. Buyuk Britaniya mehnat zahiralarining 12 % i moliya sektorida band. London jahon moliya markazi – sayyoramizning moliya poytaxti hisoglanadi. 5 Shuningdek, Manchester, Kardiff, Liverpul, Edinburg shaharlari ham yirik moliyaviy markazlardir. Ahamiyati bo’yicha 2-o’rinda turadigan soha – turizm. Bu sohada mehnatga layoqatli aholining 7 % i band bo’lib, yiliga $ 8 mlrd dan oshiq daromad keltiradi. London dunyoning yirik turistik markazi hisoblanadi. Buyuk Britaniyaning qishloq ho’jaligi oziq – ovqat mahsulotlari bilan o’z ehtiyojlarining faqat yarminigina qoplaydi. Asosiy qishloq xo’jaligining ekinlari: bug’doy, tariq, qandlavlagi, arpa. Mamlakat chorvachilik sohasiga asr boshlarida tarqalgan epidemiya sezilarli darajada zarar etkazdi. Eksporti: sanoat mahsulotlari, yoqilg’i, kimyo sanoati mahsulotlari, oziq – ovqat. Importi: sanoat mahsulotlari, oziq – ovqat. Buyuk Britaniya ilgo’r mamlakatlar qatori rivojlangan transport infrastrukturasiga ega. Yevro tunnellarning ochilishi mamlakatning materik bilan aloqasini yanada yaxshilaydi. Asosiy portlari: Aberdin, Belfast, Bristol, Kardiff, Duvr, Glazgo, Liverpul, London, Manchester, Plimut, Sautgempton. Buyuk Britaniya dunyo ekonomiyasida muhim rol o’ynaydi. U dunyoning eng rivojlangan beshliklar safiga kiradi. Butun dunyo yalpi ichki mahsulotining 3.1% ini Buyuk Britaniya ishlab chiqaradi. Tovar va hizmatlarni eksport qilish bo’yicha Buyuk Britaniyaning hissasi 4.5% ni, import bo’yicha 5.1% ni tashkil qiladi. Mamlakatning ekonomikasiga mamlakatning 100 yillik rivojlanishidagi hususiyatlari, uning ichki resurslaridan kelib chiqqan holda va XX asrda tashkil topgan iqtisodiy, sotsial va siyosiy institutlar mamlakat ekonomikasini rivojlanishida o’z aksini topgan. Hozirgi kunda Buyuk Britaniya yuksak rivojlangan, kuchli iqtisodiy tomondan mustaqil davlatdir. Lekin hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishidagi, xalqaro savdo-sotiq va valyuta sferasidagi, chetga kapital chiqarish, shuningdek, Londonning moliyaviy, tovar va birja markazi sifatidagi roli saqlanib qolganligiga e’tibor qaratish lozim. 6 Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling