Buyuk britaniyaning
Buyuk Britaniyaning xalqaro pul-moliya operatsiyalari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
buyuk britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taxlili (1)
Buyuk Britaniyaning xalqaro pul-moliya operatsiyalari
Buyuk Britaniya dunyo bo’yicha moliyaviy etakchilikni qo’ldan boy bermagan holda, 80 yillarda moliyaviy institutlarni tuzilishi va boshqarishda ko’pgina o’zgarishlar ro’y berdi. Bu o’z navbatida banklar sistemasiga, sugurta sistemasiga, qurilishga, fond birjalariga, shuningdek, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bozorlariga ta’sir qildi. Agarda oldin uy-joy qurilishi uchun qurilish tashkilotlari kredit bergan bo’lsa, endi kreditni banklar va sug’urta kompaniyalari bera boshladi. Bunga bog’liq holda ikkita o’zgarish sodir bo’ldi. Qurilish tashkilotlari o’zlarining hususiy naqd rul zahiralari, ko’chmas mulklari bilan banklarga birlashdilar. Qurilish tashkilotlari yer va kapital qo’yish ishlarida ham qatnashdilar. Bu o’zgarishlarni “Londonning katta sakrashi” deb atashgan.London xalqaro moliyaviy operatsiyalar markazi sifatida rivojlana boshladi. Kapitalning kirishi, valyuta ayriboshlash, qimmatbaho qog’ozlar bilan savdo-sotiq qilish ancha rivojlandi. Londonga chet el banklarining kirib kelishi ko’paydi. Raqobatning oshishi va texnika rivojlanishi ayriboshlash va savdo-sotiqni tezlashtirdi. Natijada bir qancha moliyaviy kompaniyalar tashkil topdi. 80 yillarning ohiriga kelib bu kompaniyalarning faoliyatini nazorat qiluvchi qonunlar paydo bo’ldi. Barcha kommer banklar Angliya bankinig nazorati ostidadir. Banklar Angliya va Uelsda banknotalar ishlab chiqarish huquqiga egadir. Angliya banki aholi bilan ishlaydigan investitsiya, ipoteka va boshqa chet el banklariga litsenziya bera oladi. Banklar jismoniy shaxslar bilan, ipoteka banklari, sug’urta banklari, qimmatbaho qog’ozlar bilan ishlaydigan banklarga ajralib ketdi. Angliya banki foiz stavkalarini ham nazorat qiladi. U chet el valyuta bozorlariga ham faol aralashadi, shuningdek, funtning mustahkamligini ta’minlaydi. Funt sterling dunyoning asosiy valyutalaridan biridir. London dunyodagi 10 savdo-sotiq markazlaridan biridir. Aholining ko’p jamg’armalari iqtisodiyotning rivojlanishiga moliyaviy tashkilotlar orqali yig’iladi. Moliyaviy tashkilotlar pulni ko’chmas mulk garovga qo’yilgandagina beradilar. Bundan tashqari shuday kompaniyalar borki, ular jihozlarni, kapitalning qisqa va uzoq muddatli lizing bozorlarni, shuningdek, fond bozorlarini, innovatsion texnologiya bozorlarini mablag’lar bilan ta’minlaydilar. Buyuk Britaniyada bir necha moliyaviy bozorlar mavjud. Qimmatbaho qog’ozlar bozori xalqaro fond birjasidan tashkil topgan. Valyuta bozoridagi savdo-sotiq depozit sertifikati, qisqa muddatli depozitlarni o’z ichiga oladi. Boshqa bozorlar evro bilan,vayuta ayriboshlash bilan shug’ullanadilar. Ko’zga ko’rinmas savdo-sotiqning hissasi (moliyaviy hizmat ko’rsatish uchun to’lovlar va gonarar, jamg’armalar protsenti, foyda va dividentlar) mamlakatning butun tashqi foydasining 1/3 dan to yarmigacha oshib boradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling