Buyuk britaniyaning


Buyuk Britaniyaning siyosiy-huquqiy tizimi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1726584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
buyuk britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taxlili (1)

Buyuk Britaniyaning siyosiy-huquqiy tizimi.
Birlashgan qirollik nomiga qaramasdan Buyuk Britaniya federatsiya emas, balki unitary 
davlat, parlament monarxiyasidir. Asosiy qonunlar majmuasi sifatida mamlakat yagona 
konstitutsiyaga ega emas. Uning qirolligi asrlar osha kelayotgan an’ana va oily sud 
organlarining qarorlariga tayanadi. Hokimiyat (1952 yil Elezbetta II qirolicha edi) 
qirolicha qo’lida edi, lekin amalda uni yuqori qonun chiqaruvchi organ parlament 
boshqarar edi. Parlament 2 palatadan iborat: qirolicha va lordlar. Jamoa palatasi – 
umummilliy vakillar yig’ilishi 5 yilda kamida 1marta saylanadi. Lordlar palatasiga 
shahzodalar, oliy diniy tabaqadagi zadagonlar, monarx tomonidan umrbod lord tabaqasi 
berilgan shaxslar kiradi. Jamoa palatasi tomonidan qabul qilingan har qanday qonun 
loyihasi (moliyaviydan tashqari) lordlar palatasi tomonidan 1 yilgacha to’xtatilishi 
mumkin.Moliyaviy qonun loyihalari jamoa palatasi ko’rib chiqqandan keyin, qirolicha 
tasdiqlagandan keyingina qonunga aylanadi. Qonunlarni bajarish bosh vazir 
boshchiligida amalga oshiriladi. Bosh vazirni qirolicha qaysi partiya jamoa palatasidan 
ko’p o’rin olsa, shu partiyaning vakilini saylaydi. Amalda butun hokimiyat bosh vazir 
qo’li ostidadir. Unga hukmron partiyaning ko’zga ko’ringan vakillari kiradi. 
Mamlakatning ichki va tashqi siyosatini belgilashda yetakchi siyosiy 
partiyalardan konservativ va leyboristlar partiyaslari muhim rol o’ynaydi. 


9
Konservativ 
partiya 
monopolistik 
burjuaziyaning 
yer 
mulkdorlarining 
va 
zadagonlarining manfaatlarini himoya qiladi. Leyboristlar partiyasi ishchilardan va 
sotsial-demokratlardan tashkil topadi. Joylardagi muammolarni yechishda o’z-o’zini 
boshqarish organlari muhim rol o’ynadi. So’ngi yillarda bu tizim birmuncha o’zgardi. 
Shimoliy Irlandiyada 26 ta hududiy boshqarma tashkil topdi. Shuningdek, Angliya va 
Uelsda ham o’zini-o’zi boshqarishning kompleks tashkil qilish birmuncha 
soddalashtirildi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling