Buyuk britaniyaning
Kapitalning xalaqaro harakati va texnologiyalar almashinuvi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
buyuk britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taxlili (1)
Kapitalning xalaqaro harakati va texnologiyalar almashinuvi.
Uzoq vaqt mobaynida Buyuk Britaniya valyutasi xalqaro valyuta bozorida yetakchi o’rinni egallab kelgan. Keyingi bir necha o’n yillar mobaynida bu o’rinni dollar bilan bo’lishib keldi. Yetakchi o’rinni egallash xohishi Londonni funtdan voz kechib dollarni qabul qilib Yevropa Ittifoqiga kirishni xohlamasligiga sabab bo’ladi. 1999-2000 yillarda Buyuk Britaniya investitsiya jalb qilish bo’yicha rivojlangan mamlakatlar o’rtasida 2- o’rinni egallagan edi va yana 2005 yil 1-o’ringa chiqdi. Buyuk Britaniya banklari bugungi kunda mablag’ va moliya bozorlarida XXI asrning bir necha 10 yillaridagidek muhim rol o’ynamasada, London Nyu-Yorkdan keyingi yirik moliya markazi bo’lib qoladi. Bugungi kunda iqtisodni tartibga solish va bank tizimining iqtisodiy erkinligi tizimi bo’yicha Buyuk Britaniya Singapur, Yangi 14 Zenlandiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Shetsariya va Malayziyadan so’ng 6-o’rinni egallaydi. Pul bozorining eng qulay infrastrukturasiga ega bo’lgan Buyuk Britaniya pul aylanmasi bo’yicha Evropaninig pul va mablag’lar bozorlarida etakchi o’rinni egallaydi. Chet el banklari hisobi bo’yicha London 1-o’rinni egallaydi. Operatsiya sonining hajmi bo’yicha Nyu-York va Tokiodan keyingi Londonning fond birjasi 3-o’rinni egallaydi. London capital bozoriga chet el aksiyalarining oldi-sotdisining60 % i to’gri keladi. Buyuk Britaniyaning asosiy hususiyatlaridan biri bu Britaniya moliya sektorining ho’jalik quvvati, milliy iqtisodiyotining potensialidan ancha yuksakligidir. Bugungi Buyuk Britaniyaninig texnologiya almashishdan maqsadi nafaqat iqtisodiy tomondan, balki siyosiy jihatdan ham yutish xohishi borligi. 2006 yil martda Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya davlatlari Eronga yader qurolini tarqatmaslik va to’yintirilgan uran bilan bog’liq bo’lgan dasturdan voz kechishi to’grisidagi qo’shimcha bayonnoma evaziga texnologiyalarni almashish bo’yicha hamkorlik qilishni va’da qilishdi. So’z ketayotgan qo’shimcha bayonnoma bo’yicha, atom energiyasi xalqaro agentligi inspectorlari yadro ob’ektlarida tekshiruvlar o’tkazishlari ko’zda tutilgan edi. Eron prizidenti Muhammad Xotamiy bu masala yuzasidan tezda muzokalar o’tkazishga va’da berdi. Biroq bu taklif Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan keskin harakat qilishga undadi. Diplamatlarning aytishicha, amerika ma’muriyati Evropa davlatlarini bu xatni yubormaslikka bir necha marta urinishlari samara bermadi. Siyosat, iqtisodiyot va milliy havfsizlik uyg’unlashuvi bugungi kunda ko’pgina rivojlangan davlatlarga xos hususiyat. Bu borasidagi muzokaralar ko’pincha yo hamkorlikka, yo qarama – qarshilikka olib keladi. Davlatlar xalqaro capital va texnoligiyalar hamda mehnat bozorida musobaqalashdilar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling