Buyuk britaniyaning


Buyuk Britaniyaning Evropa integratsiyasi jarayoniga qo’shilish darajasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana27.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1726584
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
buyuk britaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taxlili (1)

Buyuk Britaniyaning Evropa integratsiyasi jarayoniga qo’shilish darajasi.
Britaniya Imperiyasi bir necha yuz yillar mobaynida bunyod etildi. XIX asr oxiri XX 
asr boshlarida Kanada, Avstraliya, Yangi Zenlandiya va Janubiy Afrikalar ajralib 
boshqaruvni o’z qo’llariga olgan bir paytda Imperiya Britaniya Imperiyasi va 
hamdo’stligiga 
aylandi. 
XX 
asr 
o’rtalarida 
Britaniya 
hukumati 
ko’pgina 
mustamlakalarga ajralishga ruxsat bergandan so’ng Britaniya Imperiyasi va 
Hamdo’stlik oddiygina Britaniya Hamdo’stligi bo’lib qoldi. Hindiston va Pokiston 1947 
yili mustaqillikka erishdi. 50-60 yillari Afrila mustamlakalari va Osiyo hududlari 
mustaqillikka erishdi. Ko’pgina davlatlar mustaqillikka erishganidan so’ng Britaniya 
Hamdo’stligiga aylandi. Ulanda mustamlaka o’tmishdan voz kechish yoki mustaqil 
davlat huquqini saqlagan holda Hamdo’stlikda qolish imkoniyati bor edi. Turli 
sabablarga ko’ra ko’pgina mustamlakalar Hamdo’stlik tarkibida qoldilar. Shunday qilib 
sobiq mustamlakalar 50 ta mustaqil davlatning erkin asotsiatisiyasini tashkil qildilar. Bu 
tarixiy integratsiyon ittifoq eng ko’p sonli va eng uzoq muddatli birlashmadir. 
Hamdo’stlikka yer aholisining 4 dan 1 qismi kiradi. Hamdo’stlikka a’zo davlatlarning 
boshliqlari yoki vazirlari 2 yildan bir konferensiyaga yig’ildilar. Ushbu uchrashuvlarda 
umumiy muammolar muhokama qilindi va echim topadi. Lekin keyingi yillarda bu 
muammolarni echishda Buyuk Britaniyaning roli ancha past. Londonda Hamdo’stlik 
siyosatini boshqaruvchi kotibiyat joylashgan. Bunga qo’shimcha ravishda ko’pgina 
hamkorliklar, kutubxonalar, korxonalar va talabalar almashish dasturlari mavjud.
Hamdo’stlik fuqarolari Buyuk Britaniyaga immigrant sifatida ketishadi. Ingliz tili 
ko’pgina shevalar qatorida hamdo’stlikning umumiy tili hisoblanadi. Hamdo’stlik 
o’yinlari to’rt yilda bir marotaba o’tkaziladi. Qishloq ho’jaligi, sog’liqni saqlash, 
mashinasozlik va ta’lim sohasidagi Buyuk Britaniya va Hamdo’stlik o’rtasida umumiy 
dasturlarga amal qilinyapti. Keyingi paytlarda, Hamdo’stlik haqiqatan ham dunyodagi 
nufuzli tashkilotlardan biri ekanligiga shubha uyg’onadi. Shubhasiz, bu tarixiy ittifoq 
siyosiy yoki iqtisodiy emas. Keyingi 30 yil mobaynida Buyuk Britaniya 
Hamdo’stlikdan uzoqlashgan holda, davlatni siyosiy va iqtisodiy sohada Evropa va


17
Evropa Ittifoqiga yaqinlashtirmoqda. 1973 yil Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lmasidan oldin 
Buyuk Britaniya savdo sohasida Hamdo’stlik davlatlari o’rtasida imtiyozga ega edi. 
Evropa ittifoqiga a’zo bo’lishi Hamdo’stlik davlatlari bilan savdo aloqalarini tugashini 
bildirdi. Buyuk Britaniya Evropa bozoriga katta e’tibor qaratayotgan bo’lsada, Evropa 
ittifoqiga a’zo bo’masidan oldingidek savdo sohasida muvaffaqiyatga erishmoqda. 
Buyuk Britaniya, Irlandiya respublikasi va Daniya, 1972 yili EAST tarkibidan chiqib, 1 
yanvar 1973 yili Evropa iqtisodiy ittifoqiga (YE.E.S.) a’zo bo’ldilar. YE.E.S. ning
maqsadi Evropa davlatlarining iqtisodini rivojlantirish, iqtisodi past davlatlarga 
molyaviy yordam ko’rsatishdan iborat. 1986 yili Evropa ittifoqiga a’zo davlatlar yagona 
Evropa bozorini tashkil qildilar, 2001 yildan yagona valyuta – evro kuchga kirdi. Buyuk 
Britaniya yangi parlament saylovlarigacha yagona valyuta tizimiga a’zo bo’lish 
masalasi to’htatib qo’ydi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya o’zining iqtisodini buguni va ertasini Evropa 
bozorisiz tasavvur qila olmaydi. Evropadagi hamkorlik va xavfsizlik tashkilotiga a’zo 
bo’ldi. Bu tashkilotga 54 davlat a’zo. Buyuk Britaniya BMT ga a’zo bo’lib, Amerika 
Qo’shma Shtatlari bilan hamkorlik qiladi. BMT xavfsizlik qo’mitasining doimiy a’zosi 
NATO guruhiga 19 mamlakat qiradi, Buyuk Britaniya ham uning a’zosi hisoblanadi. 
Buyuk Britaniya 31 davlatni o’z ichiga olgan iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
tashkilotining a’zosi. Bundan tashqari, Buyuk Britaniya butun dunyo savdo tashkiloti, 
Xalqaro Valyuta fondi, Dunyo banki, bir qancha xalqaro rivojlanish va Evropa 
Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Evropa investitsiya banki, Parij va London qlublarining 
a’zosi.Buyuk Britaniya integratsiya jarayonida faol qatnashib, mintaqalararo va Evropa 
tashkilotlari tarkibiga kiradi. U xalqaro iqtisodiy va moliyaviy kelishuvlarni qabul 
qilishda asosiy rol o’ynaydi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling