Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi Inqilobning sabablari


Feodal tartiblarning bekor qilinishi


Download 30.5 Kb.
bet3/3
Sana01.12.2021
Hajmi30.5 Kb.
#178336
1   2   3
Bog'liq
Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi

Feodal tartiblarning bekor qilinishi.


Mutlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik o`rnatishiga olib kelmadi. Aksincha, butun mamlakatni endi dehqonlar qo`zg`oloni qamrab oldi. Ular feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar. Oziq-ovqat omborlarini egallab oldilar, feodallarning qo`rg`onlariga o`t qo`yib, yoqib yubordilar. Natijada Ta'sis majlisi «Imtiyozlarni tugatish haqida dekret» chiqarishga majbur bo 'ldi. Unga ko`ra, feodal tartiblar bekor qilindi.

Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi.


1789- yilda Ta'sis majlisi yana bir muhim hujjat - «Inson va fiiqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha odamlar ozod va teng huquqli bo`lib tug`iladilar» degan so`zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning manbai» deb e'lon qildi. Shuningdek, feodal va tabaqa imtiyozlarini-bekor qildi. So`z, matbuot erkinligini e'lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo`ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi. 1791- yilda Fransiya tarixida birinchi marta mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya 25 yoshga to`lgan barcha erkak kishilarga saylash huquqini e'lon qildi. Shu davrdan boshlab parlamentda siyosiy partiyalar faoliyat ko`rsata boshladi. Ularning ichida eng yetakchilari «jirondachilar» va «yakobinchilar» partiyalari edi. Parlamentga o`tkazilgan saylovda «jirondachilar» partiyasi g`alaba qozondi va parlamentda ko`pchilik o`rinni egalladi. Bu partiya, asosan, yirik burjuaziya partiyasi edi. Partiya qirol bilan murosa yo`lini tanladi. Bu paytga kelib ichki og`ir vaziyatga tashqi xavf ham qo`shildi. Qo`shni monarx davlatlar Fransiyaga hujum uyushtirdilar. Bular Avstriya, Ispaniya va Buyuk Britaniya edi.

1792- yilda Qonun chiqaruvchi Majlis (parlament) «Vatan xavf ostida» chaqirig`i bilan xalqqa murojaat qildi. Jirondachilar mamlakat mudofaasini uyushtira olmadilar. Bu esa mamlakatda keskin norozilik keltirib chiqardi. 1792- yil 10- avgust kuni Parijda qurolli qo`zg`olon boshlandi. Bunday sharoitda parlament qirolni hokimiyatdan mahrum etish va yangi parlament - Milliy Konventga saylov o`tkazish haqida qaror qabul qilishga majbur bo`ldi. Lyudovik XVI esa hibsga olindi. Shu tariqa 1792- yilning 10- avgustida Fransiyada monarxiya ag`darib tashlandi. Yakobinchilar (o`rta va mayda burjuaziya partiyasi) qirolni darhol sud va qatl qilishni, Respublika e'lon qilinishini, feodal qaramlikni butunlay tugatishni va chet ellik bosqinchilarga qarshi inqilobiy urush olib borishni talab etdilar. Yakobinchilarning ko`zga ko`ringan arboblari M. Robesper, J.P. Marat, J. Danton, Eber va Shommetlar edi. 21- sentabrda Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. Lyudovik XVI esa qatl etildi. Respublika feodal-tabaqaviy tengsizlikni bekor qildi. Mamlakat shiori erkinlik, tenglik, birodarlik bo`lib qoldi.



Dekret (lotincha -farmon, qaror) - Oliy hokimiyat chiqargan qonun kuchiga teng qaror.

Kommuna (fransuzcha - umumiy) - shaharning o'zini-o`zi boshqarish organi.

Tasis majlisi - mamlakat hayotiga oid biror-bir muhim masalani hal etish uchun oliy vakolat berilgan va shu tufayli parlament vazifasini ham bajaruvchi majlis.

Hokimiyat (arabcha) - siyosiy hukmronlik.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling