Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida maʼlum va mashhurdir. U oʻzining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi
Download 58.63 Kb.
|
Pero Tox.Muh.
Referat. Mavzu:Sharl Pero ertaklari. 107-guruh talabasi Toxirjonova Muhlisa. . Sharl Pero. (1628–1703) Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida maʼlum va mashhurdir. U oʻzining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi. Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq ogʻzaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur oʻrgandi. Shuning uchun ham u oʻz ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari oʻz mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. Gʻarazgoʻylik, maqtanchoqlik, qizgʻanchiqlik oʻrnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda. Sharl Perrodan bor-yoʻgʻi oʻn ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini oʻqimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi. Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning koʻpchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, eʼzozlaydigan boʻladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni oʻgay ona-yu qizlar xush koʻrmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi koʻradi. Uning oʻz baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinsoʻz, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda oʻz oʻrnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli boʻlishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi. Sh. Perro ijodida “Qizil Qalpoqcha” alohida oʻrinda turadi. Ertakning taʼsirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning tabiiy holda ijobiy tomoniga koʻp sayqal beradi, bolalar koʻz oʻngida u dunyodagi tengi yoʻq, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Boʻrining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qoʻzgʻatadi. Download 58.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling