Buyuk Fred va psixoanaliz ta’limoti Freydni o‘qitish g‘oyasi qachon paydo bo‘ldi?
Nega bu usullar kitobda yozilganidek yordam bermayapti? Sharkoga murojaat qilish kerak!
Download 58.99 Kb.
|
Fred va psixoanaliz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Freyd va Breyer
Nega bu usullar kitobda yozilganidek yordam bermayapti? Sharkoga murojaat qilish kerak!
Asab kasalliklarini davolashga oid kitoblarda keltirilgan tavsiyalar bemorlarda Freyd kutgan natijani beravermas edi. Nevrologiyani chuqurroq o‘rganish uchun Freyd Yevropada juda katta nom qozongan fransuz nevrologi Jan Marten Sharko (1824–1893) yoniga boradi. Freyd Sharkoning ishlari bilan faxrlanib yurar, u bilan uchrashishni azaldan orzu qilardi. J.M.Sharko Fransiyada shu qadar mashhur ediki, hatto unga “Nevrologiya Napoleoni” deb nom berishgan. U nevroz va isteriya belgilarini mukammal bilgan va bemorlarni davolashda gipnoz usulidan keng foydalangan. Sharko deyarli barcha aristokratlarning shaxsiy vrachi bo‘lgan. Nevropatolog bo‘lganligim uchun ham shu yerda Sharko haqida batafsilroq ma’lumot bermoqchiman. Dunyoda birinchi marta nevrologiya kafedrasi Fransiyada 36 yoshli J.M.Sharko tomonidan ochilgan. Bu kafedra 1860 yili Parij universitetining tibbiyot fakulteti qoshida tashkil etiladi va uning rahbari Sharko bo‘lgan. Sharko juda ko‘p nevrologik kasalliklarning simptom va sindromlarini yozib qoldirgan. Nevrologiyaga oid dastlabki yirik darslik ham aynan Sharko qalamiga mansub. Sharko nevrologiya sohasida olimlar yo‘l qo‘ygan har qanday xatoni ayovsiz tanqid qilgan. Sharkoning tanqidiga uchragan ilmiy maqolalar qaytib hech qaysi jurnal yuzini ko‘rmas edi. Freyd va Breyer Z. Freyd Parijdan Venaga qaytgach, o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan psixiatri Iosif Breyer bilan isteriya va nevrozlarni chuqur o‘rgana boshlaydi. Ular Sharko asarlarida ko‘rsatilgan usullarni nevroz va isteriyani davolashda qo‘llay boshlashadi. O‘sha paytlari endi amaliyotga kirib kelayotgan fizioterapiya usullari va keng qo‘llanib kelayotgan gipnoz Freyd kutgan darajada yordam bermayotgan edi. Freyd nevroz va isteriya bilan murojaat qilayotgan bemorlarning aksariyati ayollar ekanligiga e’tibor qaratadi. 1896 yili Z.Freyd Breyerga: “Ustoz, ayollardagi nevroz va isteriyaning asl sababi seksual qoniqmaslik emasmikan” deydi. I.Breyer uning bu fikriga qo‘shilmaydi va avvalgi davolash usullarini davom ettiraverish kerakligini aytadi. Freyd asta-sekin o‘z ustozidan uzoqlasha boshlaydi va uni tark etadi. Shu yerda I.Breyer haqida ikki og‘iz so‘z. Agar Freyd haqidagi o‘nlab materiallarni o‘qib chiqsangiz qiziq faktlarga duch kelasiz. Aynan I.Breyerning ishlari Freydda psixoanaliz ta’limotining ilk kurtaklarini paydo qilgan. Chunki I.Breyer nevroz va isteriya tashxisi qo‘yilgan bemorlarga kasallik alomatlarini uzoq so‘zlatgan. Bemor o‘zini bezovta qilayotgan belgilar haqida qancha uzoq so‘zlasa, uning ahvoli shuncha yaxshilanavergan. Bunga dastlab Breyer e’tibor qaratgan va bu holatni katarsis deb atagan. “Katarsis” grekchadan ruhiy poklanish degani. Demak, Freyd asarlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan katarsis atamasi ustozi I.Breyer tomonidan taklif etilgan. Ammo Breyer o‘zining davolash usullarini yanada takomillashtirmadi va eski uslublar bilan chegaralanib qoldi. Freyd esa izlanishni to‘xtatmadi, nevroz va seksual qoniqmaslik orasida bog‘liqliklarni izlashga berilib ketdi. Download 58.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling