Buyuk Fred va psixoanaliz ta’limoti Freydni o‘qitish g‘oyasi qachon paydo bo‘ldi?
Download 58.99 Kb.
|
Fred va psixoanaliz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday
- Id” – biologik instinktlarmi
- Id” tajovuzkormi
- Ego” – bu “Men” degani!
- Id” va “Men” orasidagi munosabatlar yaxshimi
- Super-ego” – bu “Super-men”!
Ongsizlik nima?
Z. Freyd bizda “yashirinib” yotgan psixologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: “bessoznatelnoye” (ongsizlik), “podsoznaniye” (ongosti). O‘zbek olimlari ichida ongsizlikni “botiniy ong” deb atash taklifi ham kiritilgan (A. Usmonxo‘jayev). Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan va mohiyati to‘laligacha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayonlarning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Ularning ma’nosini o‘zgartirmagan holda men “ongsizlik” atamasini ma’qul topdim. Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar o‘z-o‘zidan kundalik hayotda, uyquda, ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat. Z. Freydning ta’biricha, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostida qo‘nim topadi. Ongsizlik tug‘ma xususiyat bo‘lib, insonning barcha xatti-harakatlarini belgilab beradi. Freyd bo‘yicha ruhiyat modeli qanday? Z. Freyd o‘z kuzatuvlariga asoslanib, inson ruhiyatining yangi bir modelini yaratdi. Unga asosan bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 3 ta psixologik tuzilma mavjud. Bular id, ego va super-ego. “Id” – bu instinktlar. U ongdan xolis. “Ego” – bu Men. Uning ongi bor. “Super-ego”, ya’ni “Super-men” – bu odamni o‘rab turgan muhit, jamiyat. “Super-men” odamning xulq-atvorini “tepadan” nazorat qilib turadi. Bu tushunchalarning har biriga ta’rif berib chiqamiz. “Id” – biologik instinktlarmi? Zigmund Freyd fikricha, evolyutsiyaning dastlabki bosqichida odamda o‘z-o‘zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq-atvorini belgilab bergan. Shu bilan parallel holda yoki biroz so‘ng bu funksiyani ko‘payish instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan. Freyd barcha biologik instinktlarni (himoya, ovqat izlash va ko‘payish, ya’ni seksual) bitta so‘z bilan “Id” deb atagan. “Id” ongda aks etmaydi, u ong ostida joylashgan, to‘g‘rirog‘i, ong ostiga tiqishtirilgan. “Id” qoniqish prinsiplariga asoslanib faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda jinsiy qoniqish alohida o‘rin tutadi. Z. Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag‘oyat kengaytirib yuboradi. Ya’ni uning ta’limoti bo‘yicha jinsiy mayl odamning xatti-harakatini tug‘ilganidan buyon boshqarib keladi. Z.Freyd qondirilmagan his-tuyg‘u yoki maylning ruhiy quvvati ong ostida to‘planib boradi va o‘z ifodasini topishga urinadi, deb fikr yuritadi. Mayllar ichida u libidoni asosiy o‘ringa qo‘ygan. “Id” tajovuzkormi? “Id” kuchli quvvatga ega bo‘lsa-da, “Men” uni ong ostidan suzib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ham “Id” tajovuzkordir. “Men” nazoratni to‘la qo‘lga olgunga qadar instinktlar go‘yoki odamning hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan. “Men”ning rivojlanishi odamning hayot tarzini o‘zgartirib yubordi va uning xulq-atvorini nazorat ostiga oldi. Shunga qaramasdan, psixoanalitiklar “Id”ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida qarashadi. “Id” o‘zgarmas, “Men” esa rivojlanib va o‘zgarib boradi. “Ego” – bu “Men” degani! Odam boshqa jonzotlardan aql-zakovat, ya’ni ongning borligi bilan farq qiladi. Demak, ong “Men” demakdir. Agar odam faqat “Id»” qonuniyatlariga bo‘ysunib yashaganida edi, uning hayot tarzi hayvonlarnikiga o‘xshab qolardi. Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayon ekan, u o‘z xatti-harakatlarida ham, asosan, ongga tayanadi. Biroq bu xatti-harakatlarni “Id” belgilab beradi. Psixoanalitiklar odamni, aniqrog‘i, uning ruhiyatini tirik hujayraga o‘xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi “Men” bo‘lsa, uning ichki tarkibi “Id”dir. Hujayraning ichida moddalar almashinuvi natijasida katta energiya to‘planadi va kuchli energiyaga ega bo‘lgan “Id” tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, ya’ni “Men” yo‘l qo‘ymaydi. “Id” va “Men” orasidagi munosabatlar yaxshimi? Z.Freyd “Men” va “Id” orasidagi munosabatlarni chavandoz bilan ot orasidagi munosabatlarga qiyoslab ham tushuntirib bergan. Chavandoz otni o‘zi boshqarsa-da, faqat uning quvvati hisobiga harakatlanadi. Kerak paytda chavandoz yuganni qattiq ushlab, otni to‘xtatishi va o‘zi xohlagan tomonga yo‘naltira olishi zarur. Aks holda u yiqilib, qattiq jarohat oladi yoki halok bo‘ladi. Ba’zi vaziyatlarda qachon to‘xtash va qaysi tomonga yurish kerakligini chavandoz emas, balki otning o‘zi tanlaydi. Masalan, chavandoz uxlab qoladi, charchaydi yoki kasallanadi. “Men” (chavandoz)ning ahvoli “Id” (ot)ning ahvoliga qaraganda bir oz murakkabroq. Chunki “Men” bir tomondan atrof-muhit, ya’ni tashqi olamning qonun-qoidalariga amal qilishi, ikkinchi tomondan kuchli ot (“Id”)ni boshqarishi kerak. “Men” ham tashqi olam, ya’ni “Super-men”ning talablarini, ham “Id”ning ehtiyojlarini qondirishi uchun doim xavotirda yashaydi. Bu talablarni bajarish uchun “Men” doim sergak bo‘lib turishi kerak, bu talablar bajarilmasa, aybdorlik hissi aynan “Men” bo‘yniga tushadi. Demak, “Men” doimo o‘zini himoya qilish yo‘llarini izlaydi. Z.Freyd nevrozlarning kelib chiqishini ushbu ziddiyatli munosabatlardan izlagan. Keyinchalik Z.Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz va isteriya holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklarni jinsiy mayl bilan izohlab bo‘lmasdi, albatta. Endi Z.Freyd ong ostiga qamalgan va qondirilmagan ehtiyojlarni boshqacha yo‘l bilan qondirish yo‘llarini izladi, ya’ni u seksual faoliyatni boshqa faoliyat bilan almashtirish (sublimatsiya) mumkinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nima? Ular axloq qonunlariga zid kelmaydigan faoliyatdir (fan, madaniyat, sport, ijod va h.k.). Bu nazariyani Z.Freydgacha ham o‘rganishgan. Biroq Z.Freyd insoniyat yaratgan madaniy boyliklarni ana shu xil evrilish (sublimatsiya) mahsuli deb bildi. “Super-ego” – bu “Super-men”! Xo‘sh, unda “Super-men” nima? Ma’lumki, hujayralar to‘plami to‘qimani, to‘qimalar a’zolarni, a’zolar esa organizmni tashkil qiladi. Demak, “Super-men” – barcha “Men”lar yig‘indisi. Hujayra organizmda hayot kechirgani kabi, organizm ham hujayrasiz yashay olmaydi. Organizm – bu “Super-men” – bu jamiyat qonunlari, axloq prinsiplari va din talablari. “Men” “Super-men” talablariga bo‘ysunib yashashi kerak. Aks holda u halokatga uchraydi. Demak, bu 3 ta tuzilmadan “Men”ga og‘ir. Chunki u bir tomondan “Id”ni qoniqtirishi, ikkinchi tomondan “Super-men” talablariga amal qilishi kerak. Freyd fikricha, shuning uchun ham “Men”da nevroz rivojlanadi. Download 58.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling