Buyuk geografik kashfiyotlar Vikipediya


Download 15.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.10.2023
Hajmi15.25 Kb.
#1716864
Bog'liq
Diniy tashkilot - Vikipediya



Foydalanish shartlari •
Soʻnggi tahrir 1 yil avval MalikxanBot t…
ALOQADOR SAHIFALAR
Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Maxfiylik siyosati •
Desktop
Viki yodgorliklarni sevadi: Tarixiy
yodgorlikni suratga ol, Vikipediyaga
yordam ber va gʻolib boʻl!
Koʻproq maʼlumot olish
Diniy tashkilot
Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda
qondirish yoki qondirishga koʻmaklashish
maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni
ado etish asosida ish koʻradigan ixtiyoriy, teng
huquqli va oʻz-oʻzini boshqaruvchi uyushma.
Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini
kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi.
D.t.larning ta’limoti, tarixiy an’analari, diniy
uyushmalar tuzilishida tutgan oʻrni va roli turli-
tuman boʻlishi mumkin. Fuqaroning D.t.ga
a’zoligi uning huquqiy maqomini, jumladan
boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab koʻya
olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi —
ularning oʻz-oʻzini boshqarishidir, ya’ni, ular
ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan.
D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa,
davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga
aralashmaydi. Ular oʻz ustav (nizom)lariga
muvofiq tashkil topish va ish yuritish,
xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish
huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari
ularning tuzilishi, diniy ta’lim va faoliyatning
boshqa masalalarini belgilab beradi. Ba’zi
D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Rus
pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo
Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, oʻquv yurtlari,
mahalliy tashkilotlar va oʻz boshqaruv
organlariga ega.
Oʻzbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi
va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi (1998)
qonunida ta’kidlanganidek, Oʻzbekistan
Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish,
ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda
ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli
birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv
yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar,
monastirlar va b.) D.t.lar deb e’tirof etiladi.
Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat
yurituvchi respublika diniy uyushmalari
Oʻzbekistan Respublikasining Adliya vazirligi
tomonidan roʻyxatga olinadi. Viloyat, tuman va
shahar, shaharcha va qishloq hududida boʻlgan
D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent
sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan
roʻyxatga olinadi. D.t. roʻyxatga olingandan
sung u yuridik shaxsga aylanadi. D.t. yuridik
shaxs sifatida qonunlarga va oʻz nizomiga
muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda
majburiyatlarni oʻtaydi. D.t. rahbarining
tashkilot ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan
boʻyin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka olib keladi. Roʻyxatdan oʻtmagan
D.t.larning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻygan
mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq
javobgar boʻladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda:
ular oʻz nizomlariga muvofiq tugatilganda va
"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
toʻtrisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun
hujjatlariga rioya qilinmaganda toʻxtatiladi. D.t.
faoliyatini toʻxtatish haqidagi qaror Oʻzbekistan
Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent sh. hokimligining adliya
boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar
qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga
shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik
ishlarini yurituvchi sud tomonidan koʻrib
chiqiladi. D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar,
cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar,
ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari
(bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv sexlari va
h.k.), ijtimoiy va xayriya ob’yektlari
(yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy
anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va
h.k.), ular faoliyatini ta’minlash uchun zarur
transport vositalari, pul va b. mulklar boʻlishi
mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun
tomonidan himoya qilinadi.
Adabiyot
Yuridik shaxs
Siyosiy huquq va erkinliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Din
ishlari boʻyicha qoʻmitasi
20/10/23, 14:58
Стр. 1 из 1

Download 15.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling