Buyuk geografik kashfiyotlar Vikipediya
Download 15.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Diniy tashkilot - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻproq maʼlumot olish
Foydalanish shartlari • Soʻnggi tahrir 1 yil avval MalikxanBot t… ALOQADOR SAHIFALAR Matndan CC BY-SA 4.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Maxfiylik siyosati • Desktop Viki yodgorliklarni sevadi: Tarixiy yodgorlikni suratga ol, Vikipediyaga yordam ber va gʻolib boʻl! Koʻproq maʼlumot olish Diniy tashkilot Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish koʻradigan ixtiyoriy, teng huquqli va oʻz-oʻzini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi. D.t.larning ta’limoti, tarixiy an’analari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan oʻrni va roli turli- tuman boʻlishi mumkin. Fuqaroning D.t.ga a’zoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab koʻya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning oʻz-oʻzini boshqarishidir, ya’ni, ular ma’muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular oʻz ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy ta’lim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Ba’zi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, oʻquv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va oʻz boshqaruv organlariga ega. Oʻzbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi (1998) qonunida ta’kidlanganidek, Oʻzbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va b.) D.t.lar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari Oʻzbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida boʻlgan D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. D.t. roʻyxatga olingandan sung u yuridik shaxsga aylanadi. D.t. yuridik shaxs sifatida qonunlarga va oʻz nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni oʻtaydi. D.t. rahbarining tashkilot ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Roʻyxatdan oʻtmagan D.t.larning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda: ular oʻz nizomlariga muvofiq tugatilganda va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻtrisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda toʻxtatiladi. D.t. faoliyatini toʻxtatish haqidagi qaror Oʻzbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar, ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari (bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv sexlari va h.k.), ijtimoiy va xayriya ob’yektlari (yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va h.k.), ular faoliyatini ta’minlash uchun zarur transport vositalari, pul va b. mulklar boʻlishi mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi. Adabiyot Yuridik shaxs Siyosiy huquq va erkinliklar Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi 20/10/23, 14:58 Стр. 1 из 1 Download 15.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling