Buyuk ipak yoʻli davrida bojxona amir temur va temuriylar davrida bojxona xonliklar davrida bojxona


Download 27.56 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi27.56 Kb.
#1391454
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bojxona ishining a.temur davridagi rivoji

SOVET TUZUMI DAVRIDA BOJXONA
Mustabid sovet tuzumi davrida boj-tarif siyosati, bojxona ishi va qonunchiligi markazlashgan holda, toʻliq Moskva tomonidan idora qilingan, sohaga oid masalalar ittifoq respublikalari, xususan Oʻzbekiston manfaatlari eʼtiborga olinmasdan hal etilgan.
Jumladan, 1917-yil 29-oktyabrda Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi tomonidan “Tovarlarni olib kirish va olib chiqish haqida”gi dekret qabul qilinib, tashqi savdo operatsiyalarining amalga oshirilishi va bojlarning undirilishi davlat tomonidan nazorat qilinishi belgilangan.
1918-yil boshida Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi qoshida “Bojxona yigʻimlari” departamenti ish boshlagan va shu yilning 29-may kuni “Joylardagi Bojxona muassasalari faoliyatini tartibga solish hamda bojlarni yigʻishda Markaziy va mahalliy shoʻrolar hukumati huquqlarini chegaralash haqida”gi dekret qabul qilingan.
Tashqi savdo xalq komissarligining 1921-yil 24-dekabrdagi 133-sonli buyrugʻiga asosan 283 ta mahalliy bojxona muassasalarini oʻz ichiga olgan Petrozavodsk, Gʻarbiy, Ukraina, Janubiy, Kavkaz orti, Semipalatinsk, Sibir va Turkiston okruglari hamda Petrozavodsk va Qrim uchastkalaridan iborat Bojxona boshqarmasi tashkil etilgan.
1923-yil 12-noyabrda SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining Bojxona bosh boshqarmasi tashkil topgan.
1924-yil 12-dekabrda sobiq SSSR Markaziy Ijroiya komiteti Prezidiumida Bojxona ustavi tasdiqlangan.
Arxiv hujjatlarida, 1924-25 yillarda Buxoro, Patta-Kesar bojxonalari va Turkmaniston bojxona uchastkalarida oʻtkazilgan tekshiruvlarda xodimlarning bilim saviyasi past darajadaligi, chegaralar orqali kontrabanda tovarlarini olib oʻtish holatlari koʻpligi, bojxona ishini tashkil etishda normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi hamda maxsus kiyim-bosh yoʻqligi kabi kamchilik va yetishmovchilik aniqlanganligi koʻrsatilgan.
1925-yil 18-noyabrdan Bojxona bosh boshqarmasi Savdo xalq komissarligi qoshida faoliyat olib borgan.
1930-yil 21-noyabrda Bojxona bosh boshqarmasi oʻz faoliyatini yana SSSR Tashqi savdo xalq komissarligi qoshida boshlagan. Uning tarkibida bojxonaning 11 ta inspektorlik organlari va 266 ta bojxona boʻlib, ularda 5710 nafar xodim ishlagan. Oʻsha yili Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Oʻzbekistondagi “Patta-Kesar” bojxona posti “Termiz bojxonasi”ga aylantirilgan.
Xalq komissarliklari vazirliklarga aylantirilib, 1946-yil 15-mart kuni Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi savdo vazirligi qoshida oʻz faoliyatini boshlagan.
1953-yil yanvar oyidan Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi va ichki savdo vazirligi tarkibida faoliyat yuritgan.
1955-yilda Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi savdo vazirligi tarkibiga kiritilgan.
1955-1956-yillarida xalqaro havo yoʻllarida yuk va yoʻlovchi tashish oqimining ortishi tufayli Toshkent aeroportida bir qator tranzit havo yoʻllari ochilgan. Ularga bojxona xizmatini koʻrsatish maqsadida 1958-yilda Toshkent aeroportida Termiz bojxonasiga buysundirilgan 3 ta shtat birligiga ega Toshkent bojxona posti tashkil etilgan.
SSSR Tashqi savdo vazirligining 1959-yil 14-apreldagi 111 - sonli buyrugʻi bilan Toshkent aeroportida xalqaro yuklar va yoʻlovchilar hajmining koʻpayganligi eʼtiborga olinib, Toshkent bojxona posti Toshkent bojxonasiga aylantirilgan. Toshkent bojxonasida shtat boʻyicha 4 ta xodim faoliyat olib borgan va ular tomonidan 1959-yilda qiymati 1780 rubllik 4 ta huquqbuzarlik ishi yuritilgan. Oʻsha paytlari Toshkent va Termiz bojxonalarida birorta mahalliy kadrlar boʻlmagan.
1984-yilda Afgʻonistonga yuborilayotgan va ulardan Toshkentga kelayotgan harbiy yuklar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, Toshkent shahri yaqinida “Tuzel” bojxona posti faoliyat boshlagan.
1986-yil 12-fevralda sobiq SSSR Vazirlar Kengashi qoshida Davlat bojxona nazoratining Bosh boshqarmasi tashkil etilgan.
1988-yilda Toshkent va Termiz bojxonalari asosida Oʻzbekiston SSR bojxonasi tashkil topgan.
1990-yil 16-iyulda SSSR Bojxona qoʻmitasi tashkil etilib, mustabid tuzum barham topguncha faoliyat koʻrsatgan.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. BUYUK IPAK YOʻLI DAVRIDA BOJXONAhttps://customs.uz/oz/lists/view/258

  2. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BOJXONAhttps://customs.uz/oz/lists/view/258

  3. XONLIKLAR DAVRIDA BOJXONA https://customs.uz/oz/lists/view/258

  4. SOVET TUZUMI DAVRIDA BOJXONA https://customs.uz/oz/lists/view/258

Download 27.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling