Buyuk shaxslarni millat qayg’usi xalq dardi yaratadi
Download 26.76 Kb.
|
Buyuk shaxslarni millat qayg
Temir tuzuklari.
Amir Temirning hayotlik vaqtida yozilgan, harbiy va siyosiy faoliyati haqida ma’lumot beruvchi tarixiy asar bu – Temur tuzuklari. Temur tuzuklari muhim tarixiy manba bo’lib, unda Amir Temurning davlat tuzilishi va boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab Turkiy o’zbek tilida bitilgan. Uning bir qo’l yozmasi Yaman mamlakatining oliy hukmdori Ja’far kutubxonasida saqlangan asarni fors tiliga tarjima qilgan Mir Abu Tolib Husayniy at-Turbatiy Arabistonning muqaddas joylariga haj safarini uyushtirib qaytish chog’ida Ja’far kutubxonasiga kiradi. U yerdan Turkiy tilde bitilgan mazkur asarni topib oladi. Ushbu asar Amir Temurning hayot yo’li haqida ekanligi shuningdek o’zi yozganligini ta’kidlaydi. Mir Abu Tolib Arabistondan qaytib kelgandan so’ng, asarni fors tiliga tarjima qiladi. Mir Abu Tolib 1637-yilda Temur tuzuklari asarini Forscha tarjimasini buyuk Boburiylar sulolasini vakili bo’lmish Shoxjaxonga tortiq qiladi. Uning vafotidan so’ng 1652-yilda Afzal Buxoriy forscha tarjimani chuqur tahlil qiladi. Ushbu asar 2 qismdan iborat. 1-qismda: Amir Temurning tarjimai holi, unig movoraunnaxrda markaziy hokimiyatning qo’lga kiritishi, siyosiy tarqoqlikga barxam berib markazlashgan davlat tuzishi. 27 ta mamlakatda istilochilik urushlarini olib borganligi ulkan saltanatni mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday siyosat olib borganligi to’g’risida qisqacha bayon etilgan. 2-qismda: Mashhur jahongirning farzandlariga atalgan o’ziga xos vasiyat, pand-nasihat va o’gitlaridan iborat. Temur Tuzuklari 15-16-asrlarda nafaqat hukumdorlar va martabali kishilar orasida balki, jahon ilm ahli orasida ham shuhrat topdi. Asar qo’l yozma va toshbosma shaklida jahonning ko’p tillariga (ingliz, fransuz, urdu, rus va o’zbek) tarjima qilinib nashr etilishi so’zimizning yaqqol dalilidir. Mir Abu Tolib va Muhammad Afzal Buxoriy xizmatlari tufayli Temur Tuzuklari fors tilida bizgacha yetib kelgan. Asarning forsiy matni 1783-1785-1890 va 1963-yillari Yevropa va Sharq tillariga tarjimalari bilan birga nashr etilgan. Temur tuzuklari to’liq 1857-yili Xivada Muhamma Yusuf Roji tomonidan va 1858-yili Pahlavon Niyoz devon tarafidan Turkiy o’zbek tiliga tarjima qilngan. Yana bir tarjima Xo’jand xozisi Nabijon Mahdum tarafidan Qo’qon xoni Muhammad Ali (1821-1856) ning topshirig’iga binoan amalga oshirilgan. Temur tuzuklari asarlarini Alixon To’ra Sag’uniy 1967-yil Mir Abu Tolib tarjimasini o’zbekchaga tarjima qilgan. Temur Tuzuklarini bombey nashri matni asosida Habibulla Karomatov yana bir-bor tarjima qilib nashr etdirdi. Temur Tuzuklarining manba sifatidagi ahamiyati juda buyuk. Asarning 8 ta mo’tabar qo’lyozmasi Toshkent Sharqshunoslik instituti xazinasida mavjud. Download 26.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling