Buyuk shaxslarni millat qayg’usi xalq dardi yaratadi
Nizomuddin Shomiyning Zafarnoma asari
Download 26.76 Kb.
|
Buyuk shaxslarni millat qayg
Nizomuddin Shomiyning Zafarnoma asari.
Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi manbalardan biri Temuriylar davrida yashab ijod etgan moxir tarix navist Nizomuddin Shomiyning Zafarnoma asaridir. Nizomiddin Shomiy yoki Mavlono Nizomuddin Shanbiy, Shanbi G’azoniy asli Tabrizning shimoli-g’arbiy tarafida undan 2 ml masofada joylashgan Shanbi G’azon mavzesida tavallud topgan. U 1393-yildan boshlab Amur Temurning xizmatiga qabul qilingan. 1404-yilgacha u bilan bo’lib sohibqironning harbiy yurishlarida voqeanavis va voiz mansabida ishtirok etgan. G’iyosiddin Ali Ibn Jamol Yazdiy “Ro’znomayi G’azovatiy Hinduston” asarini 1399-1403-yillar orasida yozib Amir Temurga taqdim etgan. Lekin asar voqealarning tavsifi nuqtai nazaridan haqqoniy bo’lsa ham xaddan tashqari xushomadgo’ylik ruhida yozilgan bo’lib Amirga yoqmagan. G’iyosiddining asari manzur tushmaganligi sababli Amir Temur hijriy 804/milodiy 1402-yilda Nizomuddin Shomiyga soda til bilan saroy yilnomalariga asoslanib o’zning tarixini yozishni buyurdi. Nizomuddin Shomiy Zafarnoma asarini 1402-1404-yillari orasida yozib tamomlagan. Asar Jahongirning hokimiyat tepasiga kelishi (1361-yil) dan to 1404-yilgacha bo’lgan voqealarni o’z ichiga oladi. Zafarnoma asari ravon uslubda yozilgan. Shuningdek daliliy ma’lumotlarga ham boy ammo shuni ham aytib o’tishimiz lozimki, mazkur Amir Temurning hayoti bi muncha, Sharafiddin Ali Yazdining Zafarnomasiga nisbatan kam ideyallashtirilgan asar 14-asrning 2-yarmi va 15-asrning boshlaridagi O’zbekiston, Qozog’iston Yaqin va O’rta sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy tarxini o’rganishda muxim va ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi. Nizomuddin Shomiy o’z asarini yozishda G’iyosiddin Ali Yazdiniyning “Ro’znomayi G’azovatiy Hinduston”, Amir Temurning uyg’ur kotiblari tomonidan yaratilgan “Tarixi xoniy” asarlari va boshqa saroyda bitilgan kundaliklardan keng foydalangan. Nizomuddin Shomiyning Zafarnomasini 2 ta taxriri mavjud. 1-1404-yili Amir Temur Ozarbayjon yurishidan qaytgande unga taqdim etilgan nusxa. Bu nusxa 1425-yilda ko’chirilgan bo’lib, hozirda u Istanbuldagi “Nuri Islomiy” masjid kutubxonasida saqlanadi. 2-Mironshoxning o’g’li Mirzo Umarga 1404-yil 26-martda Amir Temur G’arbiy Eron va Ozarbayjonni in’om qilgan paytida taqdim qilingan. Ushbu nusxa 1434-yilda ko’chirilgan bo’lib hozirda Londindagi Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanadi. Asarning tanqidiy matni F.Tauer tomonidan 1937-1956-yillari Fragada chop etildi. 1966-yili Nizomuddin Shomiyning Zafarnoma asarini Y.Xakimjonov tomonidan amalga oshirilgan forscha tarjimasi A.Urinboyev tomonidan tahlil qilinib nashr etildi. Download 26.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling