2-boshlovchi: Turonda tengi yo'q donishmand o'zbek,
Toshkandu Buxoro, Samarqand o'zbek.
Tarixing so'zlasam cho'ng doston bo'lur,
So'z kavkabin sochsam keng osmon bo'lur!
1-boshlovchi: Ey, menga ertaklar so'ylagan Zamin,
Ergashib izingdan qolmasman sening.
O'zgalar nazdida Bog'u Eraming
Jiydang yaprog'iga olmasman sening.
Vatan qayda bo'lmay, sen hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan.
Sahna ochiladi. Sahnada tayyorlov guruhi bolalari ijrosidagi tarixiy manzara:
Amir Temur, Navoiy, Ulug'bek, Bobur, Abdulla Oodiriy, Abdulla Avloniy, "O'zbeklar ishi" qurbonlari siymolari gavdalantiriladi.
(Har bir personaji «O'zbegim» qo'shig'i sadosi ostida sahnaga chiqadi).
Amir Temur: Biz kim, maliki Turon
Amiri Turkistonmiz!
Biz kim, millatlarning eng qadimiy,
Turkning bosh bo'g'inimiz!
Alisher Navoiy: G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish,
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg'a tikondek oshiyon bo'lmas emish.
Bobur: Tole yo'qi jonimg'a baiolig' bo'ldi.
Har isbniki ayladim, xatolig' bo'ldi.
O'z yemi qo'yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netay bu ne yuzqarolig' bo'ldi?
Abdulla Avloniy: Tarbiya biz uchun yo hayot — yo maЬot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir!
Qo'shiq sadolarining ovozi ko'tariladi. Tarixiy shaxslar sahna ortiga o'tadilar.
1-boshlovchi: Yangi davr ketdi, o'zgardi zamon,
Do'stlaringiz bilan baham: |