Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan
Download 55.51 Kb.
|
01мустакиллик учун сенарий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishtirokchilar
- 2-boshlovchi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR SENARIYSI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIK KUNIGA TADBIR SENARIYSI Bezaklar: Davlatimiz mustaqilligiga oid shiorlar, gullar, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar, mamlakatimiz taraqqiyotiga oid videofilmlar, fotolavhalar, slaydlar va hokazo. Ishtirokchilar: Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, ota-onalar, taklif qilingan mehmonlar. 1-boshlovchi: Shukrona aytarmiz qutlug' kunlarga, Ma'noga-mazmunga to'liq kunlarga. Farovon, nurafshon ulug' kunlarga, Ey ozod diyorim, O'zbekistonim! Ey obod diyorim, O'zbekistonim! 2-boshlovchi: Tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi. Tadbirni ochish uchun so'zni MTT direktoriga beradi. MTT direktori: «Yagonasan, muqaddas vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go’zal O’zbekistonim!» mavzuida ma'ruza qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida" gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana - 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz istiqlolining shonli sanasini - milliy mustaqilligimizning baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tarixan qisqa bir davrda avvalo el-yurtimizning xohish-irodasi, kuch-qudrati, mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon xaritasida yangi, o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yo‘lidan barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren O‘zbekiston davlatining paydo bo‘lishi, hech shubhasiz, xalqimizning tarixiy g‘alabasidir. Ayniqsa, mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o‘tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yo‘lida erishgan marralarimiz jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda. Rahbar so'zini tugalgach, tadbirni ocbiq deb e'lon qiladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi. Tadbir ishtirokchilarining barchasi Davlat madhiyasini jo'r bo'iib kuylaydilar. Ekranda madhiya bilan hamohang videolilm ko'rsatilishi mumkin. Download 55.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling