Miliiy raqs ijro etiladi.
1-bola: Ma'rifat bo'stoni ezgu dostoni,
Do'stligu tinchlikning metin qo'rg'oni,
Ey, ozod diyorim, O'zbekistonim
Ey obod diyorim, O'zbekistonim!
Sahnada katta guruh qizlari ijrosida raqs ijro etilishadi. Raqsdan so'ng bolalar o'z joylarini egallavdilar.
2-o'quvuhi: Vatanim tarixi quyoshdek uzoq,
Quyoshdek uzog’u nur sochar porloq,
Istiqlol nuridan bahra topib Jon,
Tarixing tiklandi, hur O'zbekiston.
3-bola: — Mustaqillik tufayli qadimgi shaharlarimiz yanada yashnadi.
Ey ko'hna diyorim, ona Toshkentim,
Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!
Binkentu, Banokat, ko'zi yosh kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi tosh kentim!
4-bola: Qadimiy Sharqimiz keng darvozasi,
Tinchlik va do'stlikning soz andozasi,
Qatorda nori ko'p, do'stli qardoshli,
Bag'rikeng, yuragi o't-otash kentim!
Ezgulik ishlarga boshu qosh kentim.
Toshkent haqida qo'shiq kuylanishi tavsiya etiladi.
5-bola: — Vatanimizda 130 dan ortiq millat vakillari tinch-totuv yashab kelmoqdalar.
Sahna oldi ko'rinishida milliy raqslar guldastasi ijro etilishi mumkin. Raqsdan so'ng o'quvchilar o'z joylarini egallaydilar.
1-boshlovchi: Ilmli kishini qadrlar zamon,
Ne zamon qadrlar jumlai jahon,
Ilm bilan bezar umrini bashar.
Ilm - katta boylik,
ilm — siymu zar,
Umri oqibatda topg'aydir qadr,
Ilmdan yaratdi eng oliy qasr.
2-boshlovchi: Ulug' vazifani etgani ado
Jabhaga chorlaydi bizni rahnamo.
Diqqatimiz ulug' ishga qaratdi,
Ta'limda yangi bir dastur yaratdi.
Maktab ta'limida bu miliiy dastur —
Asosdir kelajak poydevoriga.
Milliy dastur asos el kamoliga,
Va zebi-ziynatdir yurt jamoliga.
1-boshlovchi: Mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz, urf-odatlarimiz tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |