Zamon zayli bilan o'zgardi inson.
O'zgardi jamiyat, o'zgardi hayot,
O'zgardi qo'shig'u, o'zgardi bayot!
Ekranda mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan o'zgarishlar haqidagi lavhalar namoyish qilib boriladi.
Sahnaga katta guruh bolalari chiqadilar.
1-bola: — 1991 yil 31 avgust - O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qildi.
Mustaqillik kuni muborak bo'lsin,
To abad istiqlol oftobi kulsin.
Mustaqillik berdi bizga saodat,
Berdi e'tiqodu insof, diyonat.
2-bola:
O'zbek dunyo bo'ylab taratganda dong,
Jahon tomi uzra urgan edi bong.
Yana navbat keldi bugun o'zbekka,
Yana qaytdi o'zbek bugun o'zlikka!
3-bola: Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,
Jahonni qaratui O'zbekistonga,
Yo'lboshchimiz etdi xalq dilini shod,
Dilida xalqtga chuqur ehtirom.
«Hech xazon bo'lmasin biz kezgan chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan!»
4-bola: — 1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i, 1992 yil 2 iyulda Davlat gerbi, 1992 yil 10 dekabrda Davlat Madhiyasi qabul qilindi.
Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shu'la sochdi Bayrog'imiz sharori.
Olam aro Madhiyamiz yangradi,
Eshitganki kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu —
O'zbekka yarashgan toju taxtdir bu!
5-bola: — 1992 yil 2 martda O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo'ldi.
Sen ham endi tenglar ichida tengsan,
Bag'ri butun yurtsan va bag'rikengsan.
Sendek xalqimning ham bag'ri butundir,
Do'stlaringiz bilan baham: |