"Buyukliging unutma ayol" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat ishlanmasi


Download 48 Kb.
bet2/2
Sana07.04.2023
Hajmi48 Kb.
#1340071
1   2
Bog'liq
8 mart onajonlar bayrami

l-o'quvchi: Ona bilan bola, gul bilan lola.
2-o 'quvchi: Ona bolam deydi, bola bolam deydi.
3-o'quvchi: Ona mehri toshni eritar, ona qahri tog'ni qulatar.
4-o'quvchi: Bir kishi payg'ambarimiz Muhammad Sallolohu Alay-hissalomning huzuriga kelib: "Ey allohning rasuli, men odamlardan kimlarga yaxshilik qilay"- deb so'radi. Payg'ambarimiz-"Onangga"-deb javob beribdi-lar. Haligi kishi-"Undan so'ngchi"-desa, ular yana-"Onangga" debdilar."Un-dan so'ngchi"-desa, "Yana onangga"-debdilar. To'rtinchi marta so'raganlarida "Otangga" degan ekanlar.
5-o'quvchi: Aqlli, ziyrak, zehnli har bir farzand onaning haq-huquqini joyiga qo'yadi, uning nasihatlarini jon qulog'i bilan eshitadi. Onaning shavqati jafo bilan, mehribomligi evaziga xafa qilish bilan javob qayta-ruvchi farzand – razil farzanddir.
Farzand bo'lsa agar, noahil badkor
Hosilsiz daraxtdir, besamar beor!
1-o'quvchi: Vatanni sevish, uning har bir qarich erini muqaddas bilib qadrlash go'daklik chog'imizdanoq ona allasi bilan qon-qonimizga singadi. Ona yurting-oltin besbiging-deydi dono xalqimiz. Biz ana shu oltin beshikda dunyoga kelamiz, birinchi bor ilk qadam tashlaymiz, o'sib ulg'ayib voyaga etamiz, el-yurt xizmatiga bel bog'laymiz.
2-o'quvchi: Ha, ona diyorning qadriga yetish, uning kamoloti, gullab-yash-nashi, osoyishtaligi uchun qayg'urish ustozlarimiz tomonidan ongimizga singdirib boriladi. Chunki har bir inson ona Vatani, ota-bobolari o'tgan muqaddas zamin bilan faxrlanib yashaydi. Xalqimiz vatanparvar, xalqparvar, oliyhimmat insonlarni qadrlaydi, ulug'laydi, el-yurt saodati, tinchligi va ravnaqini o'ylaydigan, o'zgalar yurtida baxt izlab, o'z yurtiga dushmanlik qiluvchi shaxslarni qoralaydi. Bir qancha yurtdoshlarimiz bevaqt hayotdan ko'z yumdilar.
"Qizlar guldastasi" qo'shig'i ijro etiladi.
3-o'quvchi: Farzand-bugungi kun vorisi, mustaqil O'zbekiston kelajagi. Onalarimiz ne-ne umidlar bilan bizga ism qo'yadilar, mehr bilan tarbiya-laydilar, o'z nomimizga dog' tushurmay, uni pok saqlab,a'lo o'qish va alo xulq bilan vatanimiz ravnaqiga-ravnaq qo'shib, mavqeini yuksaltirish-o'z farzandlik burchimiz ekanligini unutmasligimiz darkor.
Endi navbat qatra handalarga.
Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling