"Buyukliging unutma ayol" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat ishlanmasi
Download 48 Kb.
|
1 2
Bog'liq8 mart onajonlar bayrami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
- ONA ! 1-boshlovchi
- "Ozbek qizlari" raqsi ijro etiladi. l-oquvchi
- 2-oquvchi
- Qizlar tomonidan "Alla" qoshig ijro etiladi. 4-oquvchi
- Maqollar, xikmatlar.
"Buyukliging unutma ayol" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat ishlanmasi. Ilhom Farmonovning "Volidangni rozi qil" qo'shig'i bilan dars boshlanadi. 1-boshlovchi: Assalom, ey davramizning eng aziz mehmonlari. Assalom, ey ilmu-fanning sohibi davronlari. Mehri daryo, qalbi ummon, Ziyo tarqatsangiz bir jahon Ey qadrdonlar assalom Dildan Sizga shirin kalom. 2-boshlovchi: Qalblarda tuyg'ular misli shalola E'zozdadir yurtda Ona va bola Sog'lom avlodlari yetar kamolga Yuksalur sbon-shuhrati butun olamga. O'qituvchining kirish so'zi: Assalomu alaykum, ilm maskanimizga tashrif buyurgan aziz ustoz-lar, hurmatli o'quvchilar! Xush kelibsiz! Oilada farzand bugungi kun vorisi, mustaqil O'zbekiston kelajagi haqida qanday fikr aytishimiz mumkin. Bugun mustaqil va istiqlol tufayli ona vatanimiz ozod va obod bo'ldi. O'zbekistonning kelajagi buyuk davlat qurishdan maqsadi yangi jamiyat, yangi hayot, yangi tafakkur, yangi davlat-chilik asoslari qayta tiklashdan iboratdir.. Farzandlarimiz shu zaminni sadoqat ruhida tarbiyalash ularning qalbida shu muborak zaminning har qarichi mehr muhabbat uyg'otish-bugungi kun-ning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylanishi darkordir. Prezidentimiz tashabbusi bilan davom ettirilayotgan bunday savobli ishlar ayniqsa, aziz onalarimizni qolaversa, barchamizni cheksiz quvontirdi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, onaning jamiyatdagi o'rni beqiyos, u bo'lmasa, "O'sib kelayotgan yangi avlodni kim ona allasi bilan ezgulikka o'rgatadi, kim uni parvarish qiladi, kim uni vatanga, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi, kim yetuk inson qilib voyaga etkazadi. Albatta biz uchun ulug' zot - mehribonimiz, jonkuyarimiz va ko'rar ko'zimiz - ONA ! 1-boshlovchi: Dunyoda onalar ko'p, lekin ularning barchasi bir tomoni bilan o'xshashdirlar - ya'ni farzandini sevish, farzandi deya yashashi bilan. Ona shunday zotki, u o'zidagi bitmas-tuganmas mehru-shavqat tufarli far-zand uchun eng og'ir qiyinchiliklarga ham bardosh beradi. Ona nihoyasi yo'q kulfat va og'irliklarga chidab, farzandi uchun chekilgan bu mashaqqatlardan hafa bo'lish o'rniga, aksincha, o'zini baxtiyor his etadi. 2-boshlovchi: Shirin uyqusidan kechib, bedorlik dardini tortgan onalarni bir tasavvur qilib ko'ringlar. Ona yuragi so'nggi nafasiga qadar bolasi uchun uradi. Onalarimizning bir kunlik mehnati ming asrga teng. Biz farzandlar onalar xizmatini doim yodimizda saqlashimiz lozim. "O'zbek qizlari" raqsi ijro etiladi. l-o'quvchi: Ha, Ona buyuk zot! U bizni dunyoga keltirib, voyaga etka-zibgina qolmay, quyosh yanglig' hayotimizga nur sochib turadi, bamisoli oy kabi tunimizni yorug', yo'limizni oydin qiladi. Shu boisdan ham eng go'zal dostonlar, eng yaxshi qo'shiqlar, eng yoqimli kuylar, g'azal va she'rlar ana shu ulig' zotga bag'ishlanishi bejiz emas. 2-o'quvchi: Onaga mehrli bo'lish har bir farzandga Qur'oni Karim orqali alloh tomonidan farz qilingan. Onaning farzandiga bo'lgan mehri u kuylagan allalarda yosh murg'ak qalbda muhrlanib qoladi. Chunki har bir aytilgan alla-da onaning iltijosi, sehri, ohangi hamma-hammasi jamuljamdir. 3-o'quvchi: Beshikning harakati va onaning shirali ovozi chaqaloqqa xotirjamlik bag'ishlaydi, murg'akkina qalb onasining mehrini ruhan his qiladi. Qizlar tomonidan "Alla" qo'shig' ijro etiladi. 4-o'quvchi: Hadisi Sharifda onalarni e'zozlab "Jannat onalar oyog'i osti-dadir" deyilishi ham bejiz emas. Ona qadri, unga mehr-muhabbat g'oyasi xalq og'zaki ijodi asarlarida ham samimiyat bilan kuylanib kelingan. Maqollar, xikmatlar. Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling