Buyum dizayni


Download 34.4 Kb.
bet3/5
Sana14.03.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1267115
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fan Dasturi

Amaliy mashg’ulot
Geometrik shakl (to’g’ri to’rtburchak, trapetsiya, oval, uchburchak va xokazo) kiyim shakli strukturasining elementlarini xisobga olib modellar tanlash va siluetini chizish. Modellardagi asosiy chiziq gruppalarni tahlil qilish.Modellar eskizini xar xil nisbatlar va proportsiyalar bilan yaratish. Modellarni tahlil qilish. Turli ritmlar asosida model yaratish va uni tahlil qilish. Materialning plastik va manzarali xususiyatlari. Materiallarning rasmi va fakturasi. Kiyim modelini yaratishda matoning tutgan o’rni, kiyim ko’rinishi, formasi va mato o’rtasidagi bog’lanish. Mato turiga qarab model yaratish. Kiyimdagi dekorativ bezaklar. Maxsus bezak materiallari. Kiyim modelini yaratishda bezak beruvchi elementlar va ularni kiyim turiga qarab taxlanishi. Kletka matolardan model yaratishni xususiyatlari. Illyuziya qo’llanilgan modellarni tanlash va shular asosida modellar eskizini yaratish. Modellarni tahlil qilish.

  1. Maxsus kompozitsiya

Milliy kiyim va zamonaviy kiyimlarda xalq sanhati uslubi (motivlarni) qo’llash. Milliy kiyimlarni o’ziga xos tomonlari-maqsadga muvofiqligi, rang-barangligi, bichimi, asosiy detallari, bezaklari. Ayollar milliy kiyimlarining yangicha turmush tarziga, zamonaviy modaga muvofiq rivojlanishi, o’zbek milliy ko’ylagini modellash xususiyatlari.
Uy kiyimi nimaga mo’ljallanganiga qarab gruppalariga bo’linishi: uxlash kiyimi, ertalabki va kechki yuvinish-taranish kiyimi, uyda ishlash kiyimi, mexmon kutish kiyimi.
Uy kiyimlariga ko’yiladigan talablar. Uy kiyimlarini assortimenti. Uy kiyimlarni modelini yaratishda modellashning uziga xos xusususiyatlari
Kundalik kiyimlarga qo’yiladigan talablar. Kundalik kiyimlarni assortimenti. Kundalik kiyimlarni modelni yaratishda modellashning uziga xos xusususiyatlari.
Bashang kiyimlarnim xususiyatlari. Bashang kiyim nimaga mo’ljallanganiga qarab bo’linish. Bashang kiyimni shakllari. qo’llaniladigan matolari, siluetlari, bezaklari, ranglari va xokazo. Bashang kiyimning modellashning o’ziga xos xususiyatlari. Erkaklar mavsumiy pidjak va paltolariga ko’yiladigan talablar. Pidjak va paltolarga ko’llaniladigan matolarga talablar. Erkaklar pidjak va paltosini modelini yaratishda kompozitsiya qonunlarini qo’llanilishini axamiyati. Yasli yoshidagi bolalar kiyimini shakllari. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarini assortimenti. qo’llaniladigan matolariga va kiyimlariga talablar. Ranglarni va bezaklarini qo’llanilishi. Yasli yoshidagi bolalar modelini yaratishda o’ziga xos xususiyatlari

Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling