Buyumlarning shakli, O'lchami, miqdori munosabatlari haqida tushuncha berish va
Tevarak-atrofda turgan bitta va bir qancha ; narsalarni topa olish
Download 81.5 Kb.
|
Buyumning tashqi formasi
Tevarak-atrofda turgan bitta va bir qancha ; narsalarni topa olish
Bolalarni to'plamning ayrim elementlardan iboratligi tanishtirib bo'lgach, ularni bir xil narsalarni mustaqil ravish guruhlarga ajratishga, tevarak-atrofdagi yagona (bitta) narsalarr ya narsalar yig'indisi (ko'p) ni topa olishga o'rgata boshlanadi. yoshli kichkintoylar, garchi ularning hammasi bo'lmasa ham, birjoyga, bitta guruhgayig'ib qo'yilgan narsalar yig'indisini mustaqil ravishda ajratib ko'rsata oladilar. (Mashinaning g'ildiraklari ko'p, qo'lda barmoqlar ko'p, bog'da yoki o'rmonda daraxtlar ko'p va hokazo). Xonada qaysi narsalar ko'p, qaysilari bittadan uchraydi, degan,Savolga javob topish ular uchun oson ish emas. Bu masalani hal etish uchun ular tevarak-atrofni ancha murakkab fazoviy miqdoriy tahlil qilishlari: qandaydir bir narsani ajratishlari, diqqat-e'tiborlarini o'shanga qaratishlari, o'sha turdagi narsalar atrofda boryo'qligini ko'rib chiqishlari va bu narsalarni, garchi ular xona, dala hovh va boshqa joylarning har tomonida sochilib yotgan bo'lsa ham, yaxlit bir butun narsa deb tasawur qilishlari, ya'ni bolalar narsalarning miqdoriy tomonini ularning fazoviy sifat xossalaridan va fazoviy nisbatlaridan abstraktlashtirishni o'rganishlari kerak bo'ladi. Narsalarning miqdoriy tomonini abstraktlashtirish va garchi bir xil narsalar aslida butun xona bo'ylab har yoqda sochilib yotgan bo'lsa-da, ularni fikran birlashtirish ko'nikmasini asta-sekin o'stirib borishga imkon beruvchi mashqlarni bir tizimga keltirib ishlab Ini ko'rsatilgan miqdordagi (bitta, ko'p) turli rangdagi "narsalarni doska ustiga terib qo'yish mashqidan boshlanadi. Doskachap va o'ng tomonda yoki baland hamda pastda joylashtiriladi. Bolalarga, masalan, quyidagi topshiriqlar beriladi: ,,Chap tomonga, qizil doska ustiga bitta qo'ziqorin, o'ng tomonga, havo rang doska ustiga esa ko'p qo'ziqorin joylashtirilsin". Doskalar joyini o'zgartirib yoki ularning ustiga qo'yilishi kerak bo'lgan narsalar miqdori haqidagi ko'rsatmalarni o'zgartirib, pedagog (tarbiyachi) bolalarni narsalar miqdorini awal doskalar rangiga qarab,
Bunday ishga 2-3 mashg'ulot ajratiladi. Mana shu mashg'ulot bolalar yo'1-yo'lakay chap va o'ng qo'lini farq qilishni, qo'lini farq qilish asosida esa narsalarning bir-biridan chapda va o'ngda joylashganligini aniqlashni o'rganadilar. Kichkintoylar narsalarning bir-biridan yuqorida va pastda joylashganligini aniqlashga ham o'rgatiladi. Bolalar vazifalarni bajarib bo'lganlaridan so'ng pedagog (tarbiyachi) ulardan har bir doska ustida nechta (bittami yoki ko'pmi) o'yinchoq borligini aytishlarini so'raydi, kichkintoylarga yordamchi savollar bilan ko'maklashadi. Ikkinchi mashg'ulotda bolalar doskalar turgan joyni ham ko'rsatishga undaladi. (,,Chap tomondagi qizil doska ustida ko'p o'yinchoq, o'ng tomondagi havo rang doska ustida esa bitta o'yinchoq bor"). Keyin shunday mashg'ulotlar o'tkaziladiki, ularda bolalar tarbiyachining topshirig'iga binoan stol ustidan bitta yoki ko'p o'yinchoq topib olib keladilar. Bir xil o'yinchoqlarning o'zini rTamtiirlrlonaa,' Mm guruh holida ko'rsatish kerak. Masalan, bir stol ustiga 1 ta kuchukcha, boshqasiga esa 3 ta kuchukcha qo'yiladi. Bolalar, bir xil narsalarning
Bolalar birinchi holda faqat to'plamning farqiga borishlari, ikkinchi holda esa o'zlari narsalarni mustaqil ravishda tanlab olishlari ham zarur bo'ladi. Bu ishni bajarish kichkina bola uchun oson emas. Mashg'ulot boshlanishida pedagog (tarbiyachi) har bir stol ustida qanday o'yinchoqlar turganini bolalar bilan birga ko'rib chiqadi va ularning e'tiborini o'yinchoqlarning ko'p yoki bitta ekanligiga jalb Tarbiyachi kichkintoylarning saviyasini e'tiborga olib, murakkabligi turlicha bo'lgan topshiriqlar beradi. Topshiriqlarni bajarish shartlari yanada murakkablashib borishi shundan iboratki, bitta stol ustiga miqdorda boshqa xil o'yinchoq, masalan, bitta archa va ko'p qo'ziqorin qo'yiladi. Bolalar ayni bir vaqtda bittani va ko'pni topishlari kerak. Ular endi o'yinchoqlarni olib kelmaydilar, balki stol yoniga borib, qanday o'yinchoqlarni topganliklarini so'zlab beradilar. Bolalar keyinchalik o'yinchoqlarni tarbiyachining ko'rsatrnasi asosida topadilar. ,,O'yinchoq mashina, qo'g'irchoq, bitta qalam qayerdaligini top?" kabi savollar orqali mashg'ulotlarda bolalar nutqini o'stirish ustida puxta ish olib boriladi. Ular ko'p va bitta so'zlarini qo'llashni o'rganadilar. Bir soni gapda ot vazifasida kelganida kelishikda turlanadi. Bolalar awal sodda gaplardan foydalanadilar. ,,O'yinchoq mashina ko'p", ,,Qalam bitta". Pedagog (tarbiyachi) ularga ikkita sodda gapni bitta qo'shma gapga aylantirishni o'rgatishda davom etadi: ,,O'yinchoq mashina ko'p, ammo qalam bitta". Bunday gapda son kesim vazifasini o'tab keladi, kesim esa gapning aktiv bo'lagidir. Jumlaning bunday tuzilishi tamomila qonuniydir. U bolaning fikri miqdoriy tomonni izlashga va uni ajratib ko'rsatishga yo'naltirilgan ligidan dalolat beradi. Izlanishlar maydoni kengaytirib boriladi. O'yinchoqlar guruhi va ayrim o'yinchoqlar turli xil narsalar (tokchalar, stollar, tortmalar, gilam va boshqalar) ustiga joylashtiriladi. Tarbiyachi ustiga o'yinchoqlar joylashtirilgan narsalarni bolalarga ko'rsatadi: ,,Qaranglar, gilam (tokcha, stol) ustidagi o'yinchoqlarning qaysi biri ko'p va qaysinisi faqat bitta?". Guruhda bir xil belgili narsalar bilan bir qatorda ulardan farq qiluvchi belgiga ega narsalar ham bo'lishi mumkin. Bolalar guruhni topib, undagi narsalarning umumiy belgisini aytganlaridan so'ng, tarbiyachi bu narsalarning rangi (kattaligi) haqida bolalarga savol beradi. U kichkintoylarga guruhning qismlarini ajratib ko'rsatishda yordam beradi: ,,G'ishtchalardan yo'lka, devorcha, uycha qurish mumkin. G'ishtchalarning bir qismi qizil, bir qismi esa havo rang''. Bunday mashqlar natijasida bolalar tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitda narsalar yig'indisini va yakka narsalarni topa oladigan bo'lib qoladilar. Awal kichkintoylarning diqqat-e'tibori xonaning ma'lum qismiga yo'naltiriladi. ,,Qaranglar, pol ustida (devorda, deraza tokchalarida...) turgan qaysi narsalar ko'p va qaysi narsalar bitta?". Asta-sekin bolalar qaysi narsalar ko'p va qaysilari bittadan uchrashini mustac ravishda topish qobiliyatiga ega bo'la boshlaydilar. Tarbiyachi narsalarning faqat yonma-yon emas, balki bir-biridan uzoqda joylashishi ham mumkinligini tushuntiradi. Agar kichkintoylar javob berishga qiynalsalar, tarbiyachi qo'shimcha savollar beradi: ,,Qaranglar, bizning xonamizda derazalar ko'pmi? Shkaflarchi? Bizda qancha stol bor? Stullarchi?". Bunday mashqlar mashg'ulotdan tashqari, sayr vaqtlarida o'tkaziladi. Masalan, bolalardan devorda, uyning tomida, hovlida nima ko'pligi so'raladi: ,,O'rindiqlar nechta?" — ,,O'rindiqlar ko'p", ,,Uychalar nechta?" — ,,Uycha bitta" va hokazo. Tarbiyachi kichkintoylarning tevarak-atrofdagi narsalarning miqdorini
Narsalarning fazoda tarqoq holda bo'lishiga va bevosita ko'zga chalinmasligiga qaramasdan bolalar asta-sekin ularni bir turdagi narsalar guruhiga fikran birlashtirish ko'nikmasini hosil qiladilar. Bu davrda guruhdagi barcha narsalarning umumiy belgilarini, shuningdek, ularning biror qismigagina xos bo'lgan belgilarni ajratish va aytish qobiliyatini o'stirishga katta e'tibor beriladi. Narsalarning sifat belgilarini ajrata olish ko'nikmasi ular o'rtasidagi miqdoriy nisbatlarni tahlil qilishga o'tish imkonini beradi. Bolalarda narsalarning miqdori, sanog'i va ularning ko'p sonli xossalaridan eslab qolish qobiliyati paydo bo'ladi. Miqdoriy tasawurlarni shakllantirish ishining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling