Byudjet- soliq siyosati Reja: Kirish Asosiy qism I bob. Davlat byudjetining daromadlar man’baini ta’minlashda soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Download 257.75 Kb.
bet1/10
Sana06.05.2023
Hajmi257.75 Kb.
#1433544
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Byudjet- soliq siyosati kurs ishi


Byudjet- soliq siyosati
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I BOB. Davlat byudjetining daromadlar man’baini ta’minlashda soliqlarning
iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
1.1. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning
nazariy asoslari
1.2. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri
II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATI TAHLILI
2.1. Byudjet-soliq siyosatitini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari
2.2. O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq siyosatidagi
o’zgarishlar
2.3. Soliq islohotlarini amalga oshirishda rivojlangan davlatlar tajribalari
III-BOB. Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va
xududlar soliq salohiyatini takomillashtirish yo’llari
3.1. Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va mahalliy soliq salohiyatini baholash muammolari
3.2. Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash va mahalliy salohiyatini
oshirishda soliq siyosatiga ta’sir etuvchi omillar
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan to hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida
Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.
Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi.
Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida soliq siyosati davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining bir tomondan davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash shu o’rinda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ikkinchi tarafdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimizning moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Xususan, 2018-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur.
Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining xozirgi bosqichida bozor munosabatlari to’la xukmron bo’lgan, bozor iqtisodiyoti qonunlari va talablari to’la amal qilinayotgan yoki iqtisodiyotni boshqarishning to’la iqtisodiy, demokratik usullari yoki to’liq ma’muriy buyruqbozlik usullari qo’llanilmoqda deb bo’lmaydi. Bunday o’tish sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartiblash tizimini to’g’ri tashkil eta olish bozorning iqtisodiy talablariga moslashishda, ularning bosqichma-bosqich xukumronligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Yuqoridagi holatlar hozirgi kunda ilmiy izlanish mavzusining dolzarbligini va bu sohadagi muammolarni hal etish davlat iqtisodiy islohotlarining birlamchi o’rinda turishini tasdiqlaydi va mazkur muammolarni hal etishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.

Download 257.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling