Byudjet bilan hisob kitoblari


Sanatoriy-kurortlarda davolanganda beriladigan nafaqa


Download 110.5 Kb.
bet5/7
Sana08.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1254206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI

Sanatoriy-kurortlarda davolanganda beriladigan nafaqa
Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar xodimning ta’til kunlari uning davolanishi uchun yetarli bo'lmasa, u holda unga sanatoriy-kurortda davolangan barcha kunlari uchun, xodimning mehnat ta’til kunlarini chiqarib tashlagan holda, nafaqa hisoblanadi. Xodim mehnat ta’tilidan sanatoriy-kurortga borishdan avval foydalangan bo'lsa ham, nafaqa mehnat ta’tili kunini chiqarib tashlagan holda hisoblanadi. Bunda budjet tashkiloti, xodimning sanatoriy-kurortda davolanishi uchun ta’tilning yetmaydigan kunlari uchun xodim bilan kelishib, xodimga mehnat haqi saqlanmagan ta’til beradi. Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o'tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakni aortakonorar shuntrovkasi va anevarizmlari, oshqozonning yaralik kasalligi, o'n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va о't pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan og'riganlarga nafaqa sanatoriyda bo'lgan barcha vaqtlar uchun hisoblanadi. 0‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun unga yakka tartibda parvarish zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo'lganda nafaqa beriladi.
Kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda beriladigan nafaqa
Uch yoshgacha bo'lgan bolani yoki o'n olti yoshgacha bo'lgan nogiron bolani parvirishlashda band bo'lgan ona kasal bo'lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo'lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga qobiliyatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi. Oilaning kasal bo'lgan a’zosiga qarash bo'yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo'lgan, lekin yetti kalendar kunidan oshmagan, davr uchun beriladi. O'n to'rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi» bolaga parvarish kerak bo'lgan, ammo o'n to'rt kalendar kunidan oshmagan, davr uchun beriladi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling