Byudjet bilan hisob kitoblari


Ijtimoiy to'lov!ar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi


Download 110.5 Kb.
bet4/7
Sana08.03.2023
Hajmi110.5 Kb.
#1254206
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BYUDJET BILAN HISOB KITOBLARI

Ijtimoiy to'lov!ar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi
Budjet tashkilotlarida ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblami buxgalteriya hisobida hisobini olib borish uchun 188-«Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti qo'llaniladi. 188-«Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyotining kreditida hisoblangan ijtimoiy to'lovlar (homiladorlik va tuqqanidan keyingi davrlar uchun nafaqa, bola tug'ilganda beriladigan nafaqa, dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, kompensatsiya, pensiya, 16 yoshgacha nogiron-bolasi bo'lgan ota-onalaming qo'shimcha ta’til haqi, bolalami sog'lomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarni saqlashga va boshqa to'lovlar) summasi, uning debetida esa yuqorida ko'rsatilgan ijtimoiy to'lovlardan belgilangan tartibda ushlangan daromad soliq summasi, ijro varaqalari bo'yicha ushlanmalar summasi va ijtimoiy to'lovlami xodimlarga to'langan summasi aks ettiriladi. 188-«Ijtimoiy to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar» subschyotining debeti bo'yicha qoldiq summasi budjet tashkilotining ishchi va xizmatchilarga ortiqcha berib yuborgan mablag' summasini ko'rsatsa, uning kredit bo'yicha qoldiq summasi esa budjet tashkiloti tomonidan hali to'lanmagan ijtimoiy to'lovlar summasini ko'rsatadi.
Budjetdan tashqari pensiya fondi mablag'lari hisobidan beriladigan nafaqalarni hisoblash va to‘lash tartibi
Budjetdan tashqari pensiya fondi mablag'lari hisobidan ijtimoiy sug'urta bo'yicha: homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar uchun; bola tug'ilgani uchun; qo'shimcha dam olish kuni uchun hamda dam tish marosimi uchun nafaqalar kompensatsiya, pensiya, 16 yoshgacha nogiron-bolasi bo‘lgan ota-onalami qo'shimcha ta’til haqi, bolalami sog'lomlashtirish oromgohlari va sanatoriy-profilaktoriylarni saqlashga va boshqa to'lovlar hisoblanadi va to'lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatini yo'qotish bilan bog'liq holda kasal bo'lganda, sanatoriy-kurortlarda davolanganda, kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo'lganda; karantinda; sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda hamda mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo'ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda fuqarolarga ijtimoiy sug'urta hisobidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo'yicha nafaqa hisoblab beriladi.
Vaqtinchamehnatgaqobiliyatsizlikbo'yichanafaqanitayinlash uchun faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilib taqdim etilgan «Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi» asos hisoblanadi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uning mehnat ta’til davriga to'g'ri kelsa, u holda unga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida ko'rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa hisoblanadi va mehnat ta’til kuni tegishli ravishda cho'ziladi.

Download 110.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling