Byudjet chegarasi va buyudjet chizigi Reja Byudjet chegarasi Byudjet chizigi
Download 304.98 Kb.
|
Byudjet chegarasi va buyudjet chizigi
2-rasm.Iste’molchi tanlovi
Befarqlik egri chizig'i iste’molchining xohishini bir-birini o'rnini bosuvchi tovarlar majmui bilan ham qondira oladi. Bu chekli almashtiruv darajasi (MRS) deyiladi. Yuqoridagi holatda chekli almashtiruv darajasinazariyasi bo'yicha Pepsining nechtasi pitsaning bittasi o'rnini “egallay olishi”ni o'lchash mumkin. Iste’molchining befarqlik egri chizig'i dek o'zgarmas bo'lmagani bilan chekli almashtiruv darajasi befarqlik egri chizig'i bilan bir xil bo'lolmaydi. Iste’molchining bir tovami boshqasidan ortiq ko'rishi uning xohishidagi tovarlar miqdoriga va iste’molchining ahvoliga ham bog’liq. Masalan iste’molchining pitsa yoki Pepsi xarid qilishida uning och yoki chanqaganligiga, shuningdek, qancha iste’mol qila olishiga qaraladi. Iste’molchi barcha befarqlik egri chizig'ilardan birdek qoniqish hosil qiladi. Ammo u ba’zilarini afzalroq ko'rishi ham mumkin. Chunki u kamroq chiqimni, pastroq xarajatni afzal ko'rishi mumkin. 2-chizmada I2 chiziqning istalgan nuqtasidan I1 chiziq yaxshiroqdir. Iste’molchining befarqlik egri chizig'iuning nimani boshqalaridan afzal ko'rishini ko'rsatib beradi. Shu tufayli biz biz befarqlik egri chizig'ini ikki turdagi mahsulotlar variantini solishtirish uchun ishlatamiz. Masalan, D nuqta A ga qaraganda ko'proq foydaliroqligi tufayli yaxshiroq deb qaralsin (aniqroq qilib aytganda, D variat A ga qaraganda ikki hissa ko'p pitsa va Pepsi taklif qilsin). Befarqlik egri chizig'i nazariyasiga ko'ra D nuqta C nuqtadan ham yaxshiroq chunki u C ga qaraganda foydaliroq variantni taklif etmoqda. D nuqtanong C ga qaraganda Pepsi taklifi kamroq bo'lishiga qaramay, unda iste’molchini avzal ko'rishga undovchi pitsalar miqdori ko'pligi mavjud. Qaysi bir nuqtaning foydaliroqligini o'rganaturib, biz befarqlik egri chizig'ilarni ham o'zaro solishtirishimiz mumkin ekan.Budjet tashkilotlarida barcha xarajatlar davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi. Ammo ayrim tadbirlami moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari mablag'lar foydalaniladi, ya’ni bular davlat budjeti mablag'lari hisobidan emas, balki boshqa manbalar hisobidan tashkil etiladigan mablag'lardir. Budjetdan tashqari mablag'lar jumlasiga maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar kiradi. Maxsus mablag‘lar-bu budjet tashkilotlariga tegishli binolardan, xonalardan, korxonalardan va yordamchi xo'jaliklardan, inventarlardan va uskunalardan foydalanish va ishlatish natijasida paydo bo'lgan budjet tashkiloti daromadlarining summasidir. Maxsus mablag'lar foydalanish xarajatlarini qoplashga, qaysi tadbirlardan olingan bo'lsa, o'sha tadbirlaming faoliyatini kengaytirish va yaxshilashga sarflanadi. Maxsus mablag'larni boshqa maqsadlarga hamda budjetdan moliyalashtiriladigan tadbirlarga sarflashga yo'l qo'yilmaydi. Maxsus mablag'larga barcha budjet tashkilotlari ega bo'lishi mumkin. Maxsus mablag'laming har bir turi bo'yicha kirim-chiqim smetalari tuziladi. Smetaning daromadlarida maxsus mablag'laming kirimi ko'rsatiladi, xarajatlarida esa mablag'laming budjet tasnifi moddalari bo'yicha yo'naltirilishi ko'rsatiladi. Agar budjet tashkiloti maxsus mablag'laming bir nechta turlariga ega bo'lsa, u holda individual smetalar asosida ularning yig'masi tuziladi. Yig'ma smetada maxsus mablag'lar har bir turining daromad va xarajatlari alohida-alohida ko'rsatiladi. Maxsus mablag'laming smetalari bo'yicha xarajatlar daromadlaridan yuqori bo'lishi mumkin emas. Maxsus mablag'laming smetalarini yuqori budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar tomonidan tasdiqlanishi haqida ikki nusxada ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotning bir nusxasi bank muassasasiga beriladi, boshqasi esa ma’lumot berilgan tashkilotda qoladi. Bank mazkur tashkilotdagi barcha maxsus mablag'lar smetalarining tasdiqlanishi haqidagi bitta ma’lumotnomani oladi va bank muassasalari Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlaridan mablag'lar beradi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari maxsus mablag'laming tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Ular smetada ko'zda tutilgan daromadlaming tushumini ta’minlashga va maxsus mablag'larning xarajatlarini har bir moddasi bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasida smeta bo'yicha maqsadli tayinlanishiga muvofiq sarflashga majburdirlar. Maxsus mablag'larning kelib tushayotgan summalarini, odatda, to'lovchilar to'g'ridan-to'g'ri bank muassasasiga ulami budjet tashkilotining maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga qo'yish uchun topshirishlari kerak. Topshiriqlar bo‘yicha summalar ayrim topshiriqlami bajarish uchun boshqa tashkilotlardan budjet tashkilotiga kelib tushgan mablag'lardir. Bularga, masalan, o'quv yurtlarini tugatib ish joyiga yuborilgan yosh mutaxassislarga to'lash uchun tashkilotlardan olingan summalar, korxonalardan o'qishga yuborilgan talabalarga ular hisobidan stipendiya to'lash uchun olingan summalar, boshqa tashkilotlardan, ular uchun uskunalar, adabiyotlar va boshqa shunga o'xshashlami sotib olish uchun olingan summalar kiradi. Topshiriqlar bo'yicha kelib tushgan mablag'lar bank muassasalarida topshiriqlar bo'yicha summalarga doir talab qilib olgunga qadar alohida depozit hisobvarag'ida saqlanadi. Bunday hisobvaraqlar tegishli moliya organining ruxsati bilan ochiladi. Depozit summalar-budjet tashkilotining ixtiyoriga vaqtincha kelib tushgan va ma’lum sharoit vujudga kelishi munosabati bilan qaytarilishi yoki tayinlanishi bo'yicha hisobga o'tkazilishi lozim bo'lgan mablag'lardir. Bular jumlasiga, masalan, davolash muassasalaridagi kasallarning, ulami davolash muassasasidan chiqarilganda egalariga qaytariladigan pullari, sud organlari ixtiyorida vaqtincha saqlanayotgan va sud qaroriga asosan egasiga qaytariladigan yoki tayinlanishi bo'yicha o'tkaziladigan summalar va boshqalar kiradi. Depozit summalar hukumat tomonidan belgilangan ma’lum muddat davomida bank muassasalarida budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlarida saqlanadi. Bu muddat tugagandan so'ng talab qilib olinmagan summalar tegishli budjetning daromadiga o'tkaziladi. Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar alohida subschyotlarda va budjet bo'yicha xarajatlar smetalarining ijrosini hisobga olgan holda bitta balansda aks ettiriladi. O'zining nizomiga ega bo'lmagan unchalik katta bo'lmagan yordamchi xo'jaliklar o'z operatsiyalarining hisobini budjet tashkilotining umumiy balansida olib boradi. Budjet tashkilotlarining maxsus mablag'lari jumlasiga ijara haqi, kvartira haqi, transportdan foydalanishdan olingan daromadlar, muzeylar va ko'rgazmalarga kirish haqi, yordamchi xo'jaliklarning ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar va maxsus mablag'laming boshqa turlari kiradi. Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar bo'yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun quyidagi ikkinchi tartibli schyotlar (subschyotlar) qo'llaniladi: 111-«Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti; 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti. Download 304.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling