Byudjet daromadlari manbalari bo’yicha tasnifi


Download 31.52 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi31.52 Kb.
#244117
  1   2   3   4   5
Bog'liq
moliya

Byudjet daromadlari manbalari bo’yicha tasnifi


Davlat byudjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bо‘lib, u davlatning funksiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlarining bosh moddiy manbai milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadni davlat tomonidan о‘zlashtirish turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida milliy daromad davlat tomonidan о‘zlashtirilishi quyidagi uch asosiy usul vositasida amalga oshirilmoqda:

  1. Soliqlar.

  2. Davlat krediti.

  3. Bank tizimining kreditlari.

Shunisi xarakterliki, davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda va milliy daromadni davlat foydasiga qayta taqsimlashda birinchi usul ustuvor ahamiyatga ega. Buning boisi Shundaki, soliqlar moddiy va ijtimoiy mazmunga ega. Ular takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi va ishlab-chiqarish munosabatlarining maxsus shakli sifatida milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Buning ustiga, davlat soliqlardan о‘z daromadlarini shakllantirishning asosiy usuli sifatida tashkil topgan vaqtidan boshlab foydalanib kyelmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyoning dyeyarli barcha mamlakatlarida soliqlar davlat byudjeti daromadlarining birlamchi manbai hisoblanadi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda, xususan, YAponiya, Gyermaniya, BuYuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanadada soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 90 foizgacha bо‘lgan qismini, AQSHda esa 70 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Davlat byudjetining daromadlari turli belgilarga kо‘ra tasniflanadi. Hozirgi vaqtda ularni tо‘rt asosiy belgisiga kо‘ra tasniflash keng qо‘llaniladi.

Davlat byudjetining daromadlari tashkil topish manbalariga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi:

a) Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar;

b) aholidan olinadigan soliqlar;

v) hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan daromadlar;

g) bank tizimining kreditlari;

d) davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar;

e) xorijiy mamlakatlardan va halqaro tashkilotlardan olingan kreditlar va Moliyaviy yordamlar;

o) boshqa daromadlar.

Davlat byudjetining daromadlari undirish usuliga kо‘ra ikkiga bо‘linadi:

a) soliqli daromadlar;

b) soliqsiz daromadlar.


Download 31.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling