Byudjet daromadlari manbalari bo’yicha tasnifi
Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi
Download 31.52 Kb.
|
moliya
Davlat byudjetining daromadlari soliq turlariga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi:
a) Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i; b) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; v) qо‘shilgan qiymat solig’i; g) aksiz solig’i; ye) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; yo) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; j) mol-mulk solig’i; z) jismoniy shaxslardan transport vositalariga byenzin, dizyel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; i) yer solig’i; k) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; l) boshqa soliqlar va yig’imlar. Davlat byudjetining daromadlari mamlakatning davlat qurilishiga kо‘ra quyidagi turlarga bо‘linadi: 1) Unitar davlatlarda: a) markaziy byudjetning daromadlari; b) mahalliy byudjetlarning daromadlari. 2) Fyedyeral davlatlarda: a) markaziy byudjetning daromadlari; b) fyedyerasiya sub’yektlarining byudjet daromadlari; v) mahalliy byudjetlarning daromadlari. Davlat byudjeti daromadlarini yana ikkita mezonga kо‘ra tasniflanishini maqsadga muvofiq dyeb hisoblaymiz: 1) davlat byudjeti daromadlarining barqarorlik darajasiga kо‘ra tasniflash; 2) davlat byudjeti daromadlarini qiymat jihatidan tasniflash. Bizning fikrimizcha, davlat byudjeti daromadlari barqarorligiga kо‘ra barqaror va nobarqaror, qiymat jihatidan Yuqori xarajatli va kam xarajatli daromadlarga bо‘linishi lozim. Shunisi xususiyatliki, har bir davlatda uning rivojlanish darajasi, xо‘jalik sub’yektlarining hukumatga bо‘lgan ishonchi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining о‘ziga xos xususiyatlari davlat byudjeti daromadlariga bevosita va kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun davlat byudjeti daromadlarini barqarorligi va qiymat jihatdan tasniflashda ana Shu xususiyatlar hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, qiymat jihatdan eng kam xarajatli daromad – bu soliqlar hisoblanadi, chunki ular davlat foydasiga qaytarib berilmaslik sharti bilan undiriladigan majburiy tо‘lovlardir. Hukumatning qimmatli qog’ozlarini sotish yо‘li bilan olinadigan daromadlar Yuqori xarajatli daromad hisoblanadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, xukumatning qimmatli qog’ozlariga nisbatan Yuqori stavkalarda foiz tо‘lanadi, chunki aholi va korxonalar, odatda, hukumatning obligasiyalariga va xazina vyeksyellariga tо‘lanadigan foizlar tijorat banklarining dyepozit va omonatlariga tо‘laydigan foiz stavkalaridan Yuqori bо‘lgandagina ularni sotib oladilar. Buning ustiga, hukumat obligasiyalariga tо‘lanadigan foiz stavkasi inflyasiya darajasini hisobga olgan holda о‘zgartiriladi, ya’ni inflyasiyaning о‘sgan darajasini hisobga olgan holda tо‘lanadi. Ikkinchidan, dunyoning kо‘plab mamlakatlarida, jumladan, Rossiya Fyedyerasiyasida va О‘zbekistonda korxonalarning hukumat obligasiyalaridan oladigan daromadlari soliqqa tortilmaydi. Dyemak, davlat byudjetiga soliq tuShumlarining bilvosita kamayishi Yuz beradi. Dunyo mamlakatlarining asosiy qismida davlat byudjeti xarajatlarini va defisitini qoplashda bank kreditlaridan foydalaniladi. Shu jihatdan olganda, bank tizimining kreditlari ham davlat byudjetining daromad manbalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda, xalqaro byudjet amaliyotining tajribalarini о‘rganish natijalari Shuni kо‘rsatayaptiki, rivojlangan mamlakatlarda Markaziy bank tomonidan hukumatga berilayotgan kreditlarning asosiy qismi lombard stavkalarda berilayapdi. Holbuki, lombard stavkalar nisbatan Yuqori stavkalar bо‘lib, ular Markaziy bankning sof stavkasiga nisbatan 2-3 punktga Yuqori bо‘ladi. Hukumatga tijorat banklar tomonidan berilayotgan kreditlar bozor stavkalarida beriladi. О‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy asosi bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi tо‘g’risida» gi Qonuni hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, mazkur qonunda davlat byudjeti daromadlarini tasniflashning ikki mezoniga, ya’ni daromadlarni davlat qurilishiga kо‘ra va tashkil topish manbalariga kо‘ra tasniflash mezoniga amal qilingan. Xususan, qonunning 15-moddasida Respublikabyudjeti daromadlarining tashkil topish manbalariga kо‘ra turlari о‘z aksini topgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bо‘yicha davlat Moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga о‘tgan pul mablag’lari; 4) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari; 5) ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan tо‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar. Qonunning 18-moddasida esa mahalliy byudjetlarning daromadlari tashkil topish manbalariga kо‘ra aks ettirilgan bо‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yо‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy tо‘lovlar; 2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga о‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy tо‘lovlar; 3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’yektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 4) qonun hujjatlariga muvofiq myeros olish, hadya etish huquqi bо‘yicha davlat mulkiga о‘tgan pul mablag’lari; 5) Yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va byudjet ssudalari; 6) Yuridik va jismoniy shaxslardan, Shuningdyek, chyet el davlatlaridan kyelgan qaytarilmaydigan pul tuShumlari; 7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. Dyemak, davlat byudjeti daromadlarining mohiyatini tо‘liq ochish uchun ularni 5 ta mezonga asosan tasniflash maqsadga muvofiqdir. Byudjet daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil qilishi, byudjetning iqtisodiyotni tartibga soluvchi vazifasini kuchaytiradi. Daromadlar tarkibida egri soliqlarning ulushi ortishi mamlakat ishlab chiqarish quvvatiga, iqtisodiyotning taraqqiyotiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi, о‘tish davrida bu ayniqsa muhim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, egri soliqlarning iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati kattadir. Egri soliqlar undirishning oddiyligi bilan ajralib turadi, ularni qо‘llash ishlab chiqarish pasayib kyetayotgan sharoitda ham byudjetni mablag’ bilan ta’minlab turish imkonini beradi.
Download 31.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling