Byudjet hisobi” fanidan kurs ishi mavzu: Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi Bajardi: Otabek Shodiyorov Ilmiy rahbar: K. o’q. N. Abdullayeva toshkent


I BOB. ISH HAQIGA MAJBURIY USHLANMALAR HISOBINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI


Download 38.49 Kb.
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi38.49 Kb.
#1329534
1   2   3   4
Bog'liq
Otabek Shodiyorovv

I BOB. ISH HAQIGA MAJBURIY USHLANMALAR HISOBINING MAQSAD VA VAZIFALARI HAMDA UNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI.
1.1. Ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari.
Budjet tashkilotlarida xodimlar ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobini yuritishda amalda qo`llaniladigan qonun hujjatlari va qonunosti hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.Xususan asosiy qonun hujjatalarida ushbu ish haqiga majburiy ushlanmalar hisobi va ish haqi haqida ta`riflarni keltirish mumkin.Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksida ish haqi va ish haqiga majburiy ushlanmalar “Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi”.Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksida ish haqiga majburiy ushlanmalardan asosiy maqsad-” Xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.”.Bundan ko`rinib turibdiki xodimlarning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlari,ya`ni mehnatga layoqatsizlik paytida ijtimoiy ko`mak hamda o`zi daromad olayotgan hudud qonunchiligida belgilangan tartibda soliq tizimining bir bo`lagi sifatida jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar orqali davlat va fuqoroli burchlarini bajarish muhim hisoblanadi.
Shuningdek Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kengesi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.Yuqoridagi qonun hujjatlari orqali tartibga solinadigan mehnat munosabatlari ,jumladan ish haqiga majburiy ushlanmalarning asosiy vazifalariquyidagilar hisoblanadi.

  • mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish

  • xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash

  • mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish

  • davlat va fuqorolik munosabatlarini tartibga solish

  • xodimlarning (ish beruvchilar) davlat va ijtimoiy jarayonlardagi ro`lining to`g`ri ishlashiga ko`maklashish

Shuningdek ish haqiga majburiy ushlanmalar ijtimoiy jarayonlar jumladan:

  • ishsizlik

  • tabiiy yoki texnogen va texnik fors major holatlari

  • nafaqa va pensiya olish

  • ayni bir turdagi (tibbiy yoki boshqa turdagi)imtiyozlardan foydalanish

  • soliq munosabatlarida (Imtiyozyoki preferensiyalar)

  • va boshqa mehnat munosabatlarida yuzaga keladigan jarayonlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 38.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling