"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Copy3-Byudjet hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari
Internet saytlari:
www.lex.uz www.mf.uz www.soliq.uz www.gov.uz www.oecd.org/gov/budget/database 2-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI IJROSI HISOBINING TASHKILIY – USLUBIY JIHATLARI REJA: 1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida, davlat maqsadli jamg’armalari buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari. 2. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalari buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan buxgalteriya xujjatlari. 3. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida, davlat maqsadli jamg’armalari buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi. 4. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida davlat maqsadli jamg’armalari, buxgalteriya hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi. 5. Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi. 6. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobining ahborot tizimlari va ulardan foydalanish. 7.Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning horij tajribasi 1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari Davlat byudjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to’g’risida" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat byudjeti kassa ijrosi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti g’azna ijrosi byudjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar. Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad davlat byudjeti ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling