130 “Akkreditivlar” subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari,
shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar
va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan akkreditivlar summasi
hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida akkreditiv qilingan mablag‘lar summasi , kredit
tomonida akkreditiv qilingan mablag‘ni hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi aks ettiriladi.
Akkreditivlar byudjet mablag‘lari hisobidan ham, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan
ham
qo‘yilishi
mumkin.
130 “Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 292-
son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi.
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari” subschyotida
saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo
mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd
pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi.
Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan
uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
132 “Pul ekvivalentlari” subschyotida
dam olish uylari, sanatoriylar,
turistik bazalar uchun
berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar,
pochta
markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar
hisobga olinadi.
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish
kassa orderlari bilan
rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan alohida
holda yuritiladi.Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushumi, kredit tomonida hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: