"Byudjet hisobi" fanining asosiy maqsadi talabalarda moliya organlari


Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/136
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1838657
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136
Bog'liq
Copy3-Byudjet hisobi

2.Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari. 
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi. 
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha tartiblashtirilib, 
quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 
2-memorial order – byudjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381- 
on shakl; 
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 
381-son shakl; 
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi,
05-son shakl; 
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob- 
kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 
386-son shakl; 
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‘chirilishi 
bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-
son shakl; 
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son 
shakl; 
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl; 
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl. 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta 
baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va 
“Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy 
uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. 
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan 
tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 
yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi. 
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich 
hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi 
hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda 
ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. 
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan 
imzolanadi. 


Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da ro‘yxatga olinadi. 
“Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi. 
“Bosh-jurnal kitobi” o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq 
summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial 
order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. 
Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, tegishli 
subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar 
summasi debetda ham kreditda ham “Order bo‘yicha summa” qatorining jamiga teng bo‘lishi 
kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning 
boshiga 
qoldiq 
chiqariladi. 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari hamda ularning tizimidagi tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan ko‘rsatma mavjud 
bo‘lgandagina buxgalteriya hisobi yuritishning jurnal-order shaklida olib borishlari mumkin. 
Byudjet tashkilotining rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga, moliya-xo‘jalik 
faoliyatidagi amalga oshirilgan muomalalarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga hamda 
buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javobgar bo‘ladi. 
3.Byudjet tashkilotlarida qo‘llaniladigan hisobvaraqlar, ularni tayinlanishi va tuzilishi 
xamda buxgalteriya balansi. 
Schyotlar rejasi – bu byudjet tashkilotining mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lishi manbalariga 
xarakatiga oid muomalalarni hisobi uchun belgilangan schyotlarini tizimga solingan ro‘yxatidir. 
Xozirgi kunda byudjet tashkilotlari schyotlar rejasi alohida belgilangan bo‘lib yuritib kelinmoqda 
va ular yordamida muomalalarni joriy hisobda aks ettirish, iqtisodiy guruxlash, tezkor nazorat 
qilish 
jarayonlari 
amalga 
oshirilmoqda. 
Byudjet tashkilotlari schyotlari tasnifi bo‘yicha turlarga ajratish mumkin. Ya’ni balansga nisbatan 
balans schyotlari va balansdan tashqari schyotlar. Balans schyotlari byudjet tashkilotlarida 
daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida mablag‘lar va ularni tashkil bo‘lish 
manbaalarini aks ettiradi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha 
nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar, 
debitor va kreditorlarni hisobga oluvchi schyotlar, moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 
schyotlarga bo‘linadi. Balans schyotlari hisobga oladigan ob’ektlarni iqtisodiy mazmuni bo‘yicha 
aktiv schyotlar, passiv schyotlar, aktiv passiv schyotlarga bo‘linadi. Ob’ektlarni hisobda aks 
ettirish usuli bo‘yicha sintetik schetlar va analitik schyotlarga bo‘linadi.



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling