3. BUDJET HISOBI SUB’EKTLARI VA OB’EKTLARINING IQTISODIY MAZMUNI.
Budjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi.
Budjet hisobining obektlari bo’lib, budjet ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (2-chizma).
Moliyaorganlari, Davlatmaqsadlijamg‘armalarida
Byudjet HISOBINING OB’EKTLARI
Moliyaorganlari, Davlatmaqsadlijamg’armalarida
Budjet daromadlari va xarajatlari
Budjetpulmablag’lari, byudjetssudalari
Hisoblashuvbo’yichamablag’lar, aylanmakassamablag’lari
Budjettashkilotiningdaromadlari, xarajatlari
Budjet tashkilotlarida
Moliyaviy, nomoliyaviy aktivlar
Majburiyatlarvamoliyaviynatijalar
4-chizma. Budjet hisobining ob’yektlari.
O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi” to’g’risidagi qonuniga muvofiq davlat budjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi :
1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar;
2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3. Qonun xujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar;
6. Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar.
Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi :
Budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
Joriy budjet transfertlari shaklida;
Kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va hizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
chet elda davlat extiyojlari uchun er va boshqa mol - mulk olishga;
davlat extiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlar olishga;
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida;
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Davlat budjeti pul mablag’lari harakati va hisobi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |