Talab qilinadi:
a) Majburiy auditorlik tekshiruvini shartnoma asosida o’tkazish mumkinmi, asos nima?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?.
4
|
Mijoz hisobot yakuni bo’yicha majburiy auditorlik tekshiruvi vaqti 2019 yil mart oyida asosiy vositalar inventarizatsiyasi o’tkazilishi rejalashtirgan. Auditorlik tashkiloti ushbu mart oyida o’tkazilgan inventarizatsiya natijasi bilan 2019 yil 1 yanvar holatiga bo’lgan asosiy vositalar mavjudligiga qarab audit xulosasi taqdim etmoqchi?
Talab qilinadi:
a) Ushbu holatda bosh auditor majburiy audit xulosasi taqdim etishi mumkinmi, asos nima?
b) Bu vaziyatni baholash uchun auditor qaysi tamoyillarga amal qilishi lozim?.
|
5
|
“A” tadbirkor auditor bilan birgalikda bir necha hafta davomida vodiyda sayohat qilmoqda. Sayohat davomida tadbirkor har xil korxonalarda o’z ulushi bilan qatnashish imkoniyatini o’rganib yuribdi. Auditor unga kapital qo’yilmalari bo’yicha maslahatlar berishi va tadbirkorga ta’sischi bo’lgan jamoat korxonasining yillik moliyaviy hisobotini tekshirishi lozim.
Talab qilinadi:
a) Auditor faoliyatida maslahatchi va yillik moliyaviy hisobotni tekshiruvchi sifatida ishlash mumkinmi, qaysi tamoyillarga amal qilishi lozim?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?.
|
6
|
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida auditor o’z mijozining raqobatbardosh korxonasini sotib olish niyati borligini aniqladi. Agar ushbu dalil (fakt) ma’lum bo’lib qolsa, raqobatbardosh korxonaning aktsiyalarining kursi oshib ketadi. Auditor vositachilar yordamida ushbu korxonaning aktsiyasini sotib olish va shu bilan birga yuqori foyda olish imkoniyatidan voz kechish niyati yo’q.
|