Talab qilinadi:
a) Bu holatda boshqa auditorlik kompaniyasi tekshiruv o’tkazishi mumkinmi, asos qaysi hujjat?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?
11
|
Auditni rejalashtirish to’g’risida umumiy reja tuzing. Bunda tekshiruv obe’kti sifatida nomoddiy aktivlarni oling.
Talab qilinadi:
a) Umumiy reja tuzing.
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?.
|
12
|
Auditni rejalashtirishda audit dasturin tuzing. Bunda tekshiruv obe’kti sifatida nomoddiy aktivlarni oling.
Talab qilinadi:
a) Nomoddiy aktiv audit dasturini tuzing.
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?.
|
13
|
Mijoz hisobot yakuni bo’yicha majburiy auditorlik tekshiruvi vaqti 2020 yil may oyida asosiy vositalar inventarizatsiyasi o’tkazilishi rejalashtirgan. Auditorlik tashkiloti ushbu may oyida o’tkazilgan inventarizatsiya natijasi bilan 2020 yil 1 yanvar holatiga bo’lgan asosiy vositalar mavjudligiga qarab audit xulosasi taqdim etmoqchi?
Talab qilinadi:
a) Ushbu holatda bosh auditor majburiy audit xulosasi taqdim etishi mumkinmi, asos nima?
b) Bu vaziyatni baholash uchun auditor qaysi tamoyillarga amal qilishi lozim?.
|
14
|
«MIXCO» AJ 2020 yilning okyabr oyida «Grant-audit» auditorlik tashkilotiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko’rsatilib, pul to’landi. 2021 yilning mart oyiga kelib «MIXCO» qo’shma korxonasi xuddi shu auditorlik firmasiga 2020 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi.
Talab qilinadi:
a) Auditorlik tashkiloti ushbu taklifni qabul qila oladimi, asos qaysi hujjat?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi normativ hujjatlardan foydalanishi lozim?.
|
15
|
“Ramz” MChJda asosiy vositalar butligi uchun asosiy vositalarga javob beruvchi moddiy javobgar shaxslar doirasi aniqlanmagan, asosiy vositalar sug’urta qilinmagan, lekin asosiy vositalar butligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratilgan (metall eshik, derazalarga panjaralar, signalizatsiyalar). Hisobda asosiy vositalar joylashish o’rni va ishlatilishi, shuningdek,biriktirilgan javobgar shaxslar qayd etilgan.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi yilda bir marta o’ztkaziladi. Shikastlangan asosiy vositalar aniqlanganda, korxonada aybdor shaxslar topiladi. Shuningdek, ta’mirlar hajmi va sifati ham tekshiriladi.
Asosiy vositalarning mos keluvchi guruhlarga tasniflanishi o’tkazilmagan. Asosiy vositalar hisobi bo’yicha inventar kartochkalari yuritiladi. (biroq ular hamma ob’ektlarda ham mavjud emas).
Talab qilinadi:
a) Auditor vaziyatni baxolashda qanday normativ hujjatlar bilan o’z fikrlarini assoslaydi?
b) Asosiy vositalar tekshirish natijalari bo’yicha auditorlik tekshiruvi dasturi tuzing.
|
16
|
Auditorlik tekshiruvidan o’tadigan aktsiyadorlik jamiyati auditorlik tashkilotiga joriy yilda o’tkaziladigan tekshiruvning ob’ekti qilib TMZ operatsiyalari olindi va auditni yordamchi auditor ot’kazdi. Bu vaziyat yilning 1 noyabrida sodir bo’ldi.
|