«BYudjet hisobi va g’aznachilik» fakulteti 4-kurs ilxkm-80 guruh talbalariga “Audit” fanidan jn-1 uchun berilgan mustaqil ish mavzulari mi berilgan sana


Download 86 Kb.
bet3/8
Sana26.10.2023
Hajmi86 Kb.
#1724837
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Мустақил иш Аудит ЖН 7-cем.ИЛХКМ (1)

Talab qilinadi:
a) Auditor bunday holda professional majburiyatini buzmayaptimi, asos nima?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

7

«ALFA» firmasi 2020 yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2019 yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so’radi. «ALFA» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan edi. Lekin 2019 yilning noyabr oyida soliq inspektsiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o’tkazilgan bo’lib, firma bankga ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.
Talab qilinadi:
a) Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?.

8

Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’larining harakati va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo’jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi mavjud.
Talab qilinadi:
a)Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to’plash kerak va tekshirish o’tkazishning qaysi usullaridan foydalanish lozim?.
b) Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?

9

AJ «TIKA» ishlab chiqarish kompaniyasi auditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, ishlab chiqarish kompaniyasi va auditorlik kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, ishlab chiqarish kompaniyasi auditorlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomani buzib, boshqa auditorlik kompaniyasi bilan ixtiyoriy audit o’tkazish bo’yicha shartnoma tuzmoqchi.

Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling