“Byudjet hisobi va g'aznachilik”
Download 83.91 Kb.
|
“Byudjet hisobi va g'aznachilik”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjet subvensiyasi
Byudjet dotatsiyasi - o‘z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet subvensiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari. Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘. Respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlariga qabul qilingan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlaridan byudjet dotatsiyalari va byudjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar byudjetlariga tegishli qabul qilingan byudjetlar doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetida va mahalliy byudjetlarda daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet ssudalari, foydalanilmagan byudjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetida, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga o‘tkazishi mumkin.
Download 83.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling