Byudjet hisobi va nazorati


Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazorati amaliyoti tahlili


Download 51.87 Kb.
bet5/5
Sana31.01.2023
Hajmi51.87 Kb.
#1142545
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 - kurs hisobot

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar nazorati amaliyoti tahlili

Davlat moliyaviy nazorati — budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni o‘rganish, tahlil qilish hamda taqqoslash.
G‘aznachilik bo‘linmalari davlat moliyaviy nazoratini:

  • budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari:

  • budjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi;

  • budjet tizimi budjetlarining xarajatlari ijrosi;

  • budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to‘liqligi;

  • rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;

  • O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi;

  • pensiyalar va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi, hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;

  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyati;

  • budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;

  • O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi;

  • insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi;

  • davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati Davlat soliq xizmati organlari davlat moliyaviy nazoratini soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
Davlat moliyaviy nazorat organlarining o‘zaro hamkorligi.
Budjet tashkilotlarini nazorat qilish rejalari davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat alomatlari, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda nazorat materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklarga doir materiallar sudlarga yoki tegishli vakolatli davlat organlariga topshiriladi.10
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga ko‘ra amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining ko‘chirma nusxasiga va xizmat guvohnomasiga ega bo‘lishi kerak.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslariga qo‘yiladigan talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan e’tirozlar o‘n kunlik muddatda yozma shaklda taqdim etilmagan taqdirda, davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjat davlat moliyaviy nazorati obyekti tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi hamda davlat moliyaviy nazorat organi tomonidan uni amalga oshirish choralari ko‘riladi.
Davlat moliyaviy nazorati obyekti sudga murojaat etgan taqdirda, o‘zining sudga murojaat etganligini tasdiqlovchi hujjatni o‘n kunlik muddatda davlat moliyaviy nazorat organiga taqdim etishi shart. Sud tomonidan davlat moliyaviy nazorati obyektining murojaati xususida qaror qabul qilinguniga qadar davlat moliyaviy nazorat organi davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatning nizoli bandlarga tegishli qismi bo‘yicha amalga oshirilishini to‘xtatib turadi.
Davlat moliyaviy nazorati natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligi davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ta’minlanadi.
Xulosa
Amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi G’aznachiligi eng muhim tashkiliy tuzilma ekanligi, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishini bilib oldim. Bo’lim faoliyatida qo’llaniluvchi eng muhim qonuniy hujjatlar haqida tegishli ma’lumotlarni oldim.
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish;
tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, Davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish;
byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish; byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta'minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi davlat haridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash;
Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning to‘liq hamda tizimli hisobini yuritish kabi vazifalar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G’aznachiligiga yuklatilgan ekan.
Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari va “Sergeli tuman hokimligining Moliya bo’limi to’g’risida”gi Nizom bilan tanishdim;

  • Byudjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish nazorati bilan tanishdim

  • Sergeli tuman hokimligining Moliya bo’limi bo’limida xodimlarining kasb etikasini o’rgandim.


1 Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p.2

2 161-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son

3 21-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 1-martdagi 45-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2169-2, 17.03.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2169-2/0925-son

4 123-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda

5 1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 10-avgustdagi 118-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2850-2, 15.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018-y., 10/18/2850-2/1918-son

6 1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son

7 1-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son

8 6-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 159-sonli (ro‘yxat raqami 2850-1, 29.12.2017-y.) buyrug‘iga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 10/17/2850-1/0476-son

9 13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

10 179-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son

Download 51.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling