Byudjet hisoboti


Download 19.86 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi19.86 Kb.
#1034601
Bog'liq
budjet hisobi 17.12.2022


BNG’ 80 GURUH TALABASI NOMOZOV SHOXZODBEK
Savollar
1. Byudjet hisobining 3-sonli “Byudjet hisoboti” nomli standarti.
2. G‘aznachilik bo‘linmalarida moliyalashtirishni xujjatlashtirish va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish.
3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjeti ijrosi bo‘yicha joriy hisobvaraqlarni yopish.
Javoblar
1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”
Mazkur O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet mablag‘lari oluvchilarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) budjet hisobotini tuzish va taqdim qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
2-bob. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarini tuzishi va taqdim qilishi
1-§. Moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim qilish
2-§. Balans (1-son shakl)
3-§. Moliyaviy faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobot
4-§. Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)
5-§. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot
6-§. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot
7-§. Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot
8-§. Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot
9-§. Boshqa budjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobot
10-§. Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot
11-§. Budjet tashkilotlarida chet el valyuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot
12-§. Moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash va taqdim qilish tartibi
3-bob. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlarining tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim qilish
4-bob. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari
1-§. Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va taqdim qilish tartibi
2-§. Davlat maqsadli jamg‘armalarining moliyaviy hisobotlari
5-bob. Yakuniy qoida

2. Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va ularga ilova qilingan hujjatlarga hujjatlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida byudjet ijrosiga oid dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga o’tkaziladi. Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar “Bosh jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan solishtiriladi. Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan qoldiq summalari olinadi. Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi. Byudjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi. Byudjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi. Byudjet g’azna ijrosi hisobining uslubiy asoslarini byudjet g’azna ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy hujjatlar tashkil etadi.

3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi bo’yicha joriy hisobvaraqlarni yopish ''Byudjet ijrosining natijalari" nomli hisobvaraq byudjetlarning ijro etish natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Natijalar yilning ohirida hisobvaraqning kreditiga "Byudjet daromadlari" nomli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va "Respublika byudjetidan olingan va berilgan mablag’lar" nomli, "Mahalliy byudjetlardan olingan va berilgan mablag’lar" nomli hisobvaraqning kredit aylanmalarini, hisobvaraqning debetida esa - "Byudjet xarajatlari" nomli hisobvaraqning qoldig’ini hisobvaraqlar bo’yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo’li bilan aniqlanadi. Hisobvaraq bo’yicha olingan kredit qoldig’i byudjetning ijro etilishi natijasi bo’ladi. Keyingi moliya yilida byudjet parametrlari tasdiqlangandan so’ng hisobvarag’idan “Byudjetlar ijrosi natijalari” byudjetda hisobot yili xarajatlarini qoplash uchun ko’zda tutilgan yil boshiga qolgan qoldiq summasi hisobdan chiqariladi, bunda hisobvaraq “Byudjetlar daromadlari” kreditlanadi. Tasdiqlangan byudjetda ko’zda tutilgan aylanma kassa mablag’i va byudjet mablag’ining erkin qoldiqlari (ular mavjud bo’lganda) “Byudjetlar ijrosi natijalari” hisobvarag’ida qoladi. Moliya yili davomida moliya organlari byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli xarajatlar smetasiga va byudjetlarga o’zgartirishlar kiritish davomida g’aznachilik bo’linmalariga, qonunchilikda belgilangan muddatlarda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq ko’zda tutilgan, belgilangan maqsadlar yo’nalishlari va miqdorlari, har bir holat va byudjetdan mablag’ oluvchi bo’yicha byudjet mablag’larning erkin qoldiqlari summalari to’g’risida yozma ma’lumot beradi. G’aznachilik bo’linmalari, moliya organlaridan olingan hujjatlar asosida ushbu mablag’larni hisobvaraqdan “Byudjetlar ijrosi natijalari” hisobvarag’iga “Byudjetlar daromadlari” kreditiga ularni tegishli hisob registrlarida aks ettirgan holda, mazkur chorakka tegishli miqdorlarda, hisobdan chiqarish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradi.
Download 19.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling