Pul va banklar fanidan joriy nazorat ishi


Download 205.49 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi205.49 Kb.
#1354047
  1   2   3
Bog'liq
Charos Kamilovna SMMT-87 PUL VA BANK


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI





Sirtqi ta’limning

“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


3-kurs SMMT-87 guruh talabasi




Yo’ldasheva Charos Komil qizining

PUL VA BANKLAR FANIDAN JORIY NAZORAT ISHI


Variant-17


1.Qog’oz pullar va ularni kredit pullardan farqi.
2.O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlamish bosqichlari.
3.O’zbekistonda amalga oshirilgan pul islohotlari.


1.Qog’oz pullar va ularni kredit pullardan farqi.
Qog‘oz – kredit pullar tizimining evolyutsion
rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada tejamliroq bo‘lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda.
Agar dastlabki qog‘oz pullar taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlarida muomalaga chiqarila boshlangan bo‘lsa, 1930 yillarning oxiriga kelib ular qatorida kredit pullari to‘lov hisob – kitob va pul aylanmalarini amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit
siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi.
Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklarning kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi.
Muomalaga pullarni emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy bank «banklarning banki» sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin.
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning majburiyati bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini ta’minlaydi. Tijorat banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin.



Download 205.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling