Byudjet jarayoni reja
Byudjet loyihasini ko’rib chiqish va qabul qilish
Download 0.5 Mb.
|
BYUDJET JARAYONI-converted (2)
Byudjet loyihasini ko’rib chiqish va qabul qilishO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Byudjetnoma O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi. Oliy Majlis palatalari Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda navbatdagi yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi. Demak, davlat byudjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun Davlat byudjeti to’g’risidagi qarorlarini ijro etish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, ushbu qaror bilan: asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari; davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari; davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari; mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmlari, respublika byudjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari; umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning normativlari va Byudjet Kodeksining 98-moddasida belgilangan boshqa ko’rsatkichlar tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qarori qabul qilingandan so’ng byudjet tizimining tegishli byudjetlari qabul qilinadi. Bu byudjetlar qaysi organ tomonidan va qanday muddatlarda qabul qilinishi quyidagi rasmda aks ettirilgan (5-rasm):
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling