DAVLAT BYUDJETI G’AZNA IJROSINI TASHKIL QILISH REJA:
1.
|
Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos
xususiyatlari
|
2.
|
G’aznachilik faoliyatining tashkiliy elementlari
|
3.
|
Davlat byudjetining g’azna ijrosini tashkil qilishda
G’aznachilikning o’rni va ahamiyati
|
Tayanch so’z va iboralar: Davlat budjetining g’azna ijrosi; g’azna ijrosining asosiy tamoyillari; G’aznachilik; yagona hisobraqam; G’aznachilikning bosh kitobi; G’aznachilik organlari; G’aznachilikning axborot tizimi; Davlat moliyasini boshqarish; o’rta muddatli budjet strategiyasi; dasturiy budjetlashtirish; yagona budjet va hisob tizimi
Davlat byudjeti g’azna ijrosining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
Bizga ma’lumki, 2004 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi 664-II-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunda ko’rsatilishicha,
Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini ta’minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish, yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi. G’aznachilik - budjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul qiladi va budjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |