rasm. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlari ijrosini tashkil etish1
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga daromadlarni yig‘ishga vakolatli bo‘lgan organlar va tashkilotlar, bundan davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
Byudjet ijrosi jarayonida byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga turli darajadagi byudjetlardan byudjet mablag‘larini ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda;
turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
turli darajadagi byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;
byudjet mablag‘lari oluvchilardan byudjetdan ajratiladigan mab- lag‘larning tushumi va sarfi to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilib oladi;
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan byudjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
o‘z vakolatlari doirasida byudjet mablag‘lari oluvchilarning moliya- xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi.
Byudjet Kodeksining 120-moddasiga ko‘ra, byudjet tizimi byudjetlari xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi (12.7-rasm):
rasm. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari ijrosini tashkil etish1
Byudjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni
Do'stlaringiz bilan baham: |